Germaniya federal prokuraturasi 1 oktyabr kuni Leypsigda XXR maxsus xizmatlariga ishlashda gumonlangan xitoylik Yatsi S.ni qo‘lga oldi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Yatsi S. Leypsig-Galle aeroportida faoliyat yuritadigan logistika kompaniyasi xodimi bo‘lgan va ma’lumotlarni Tszyanyu G.ga — «Germaniya uchun muqobil» partiyasidan Yevropa parlamenti deputati Maksimilian Kraning sobiq yordamchisiga berib kelgan.
Ayol tomonidan yetkazib kelingan ma’lumotlar harbiy texnikalarni tashish va nemis mudofaa kompaniyasiga bog‘liq odamlarning parvozlariga bog‘liq bo‘lgan. Prokuratura batafsil ma’lumotlarni oshkor etmadi.
Yatsi S. tergov sudiga olib borilgan bo‘lib, u yerda xitoylik ayol hibsga olish orderi bilan tanishtirilgan va uni tergov qamoqxonasiga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Yatsi S.ning ish joyida tintuv o‘tkazilgan.
Tszyanyu G. Aprel oxirida Drezdenda qo‘lga olingan edi. Uning turar joyi ham tintuv qilingan. Germaniya bosh prokurorining ma’lum qilishicha, yevrodeputat Kraning sobiq yordamchisi «Xitoy maxsus xizmatining xodimi» hisoblanadi va joriy yilning yanvarida u «rezvedka organlaridagi o‘z buyurtmachisiga Yevropa parlamentining muzokaralari va qarorlariga oid ma’lumotlarni topshirgan». Bundan tashqari, u razvedka xizmatining topshirig‘iga ko‘ra, Germaniyadagi Xitoy muxolifatlari vakillarini kuzatish bilan ham shug‘ullangan.
Xavfsizlik organlari Tszyanyu G.ning harakatlari to‘g‘risida ma’lumot olgan va bir yildan ortiq vaqt davomida uni kuzatgan. Qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarning birida keltirilishicha, u 20 yildan beri Xitoy razvedka xizmatining xodimi ekanini aytgan. Boshqa bir xabarda bo‘lsa, o‘zining yevrodeputatiga jami 50 ming yevro berganini qayd etgan. Tergovning taxminicha, pullar parlamentariy yordamchisining shaxsiy aktivlaridan emas, balki Xitoy razvedkasida kelgan.
Maksimilian Kra o‘z yordamchisining bunday xatti-harakatlaridan bexabar ekanini bildirgan. «Germaniya uchun muqobil» yevrodeputatiga qarshi dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.