Toshkentda o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, o‘zganing 15 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Jamiyat 08:46 / 30.09.2024 3936

Toshkent viloyatida yashovchi 38 yoshli (ayol) M.G‘. ichki ishlar organiga murojaat qilib, noma’lum sabablarga ko‘ra 15 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan. 

Kiberxavfsizlik markazi xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi U.R. ismli shaxs sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan U.R. jabrlanuvchi (ayol) M.G‘.ga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini “bank xavfsizlik xizmati xodimi” sifatida tanishtirgan. So‘ng soxta havola yuborish orqali bank kartasi boshqaruvini qo‘lga kiritgan hamda uning hisobida bo‘lgan 15 mln so‘mni o‘zining plastik kartasiga o‘tkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan U.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: