Tez orada migrant bolalar Rossiya maktablariga qabul qilinishidan oldin rus tilida imtihon topshirishi mumkin. Bu haqda Davlat dumasi spikeri o‘rinbosari Irina Yarovaya ma’lum qildi.
«Maktablarga qabul qilinadigan bolalarning rus tilidan bilimini majburiy sinovdan o‘tkazish zarur. Shuningdek, bola maktabga borishdan oldin ham tayyorgarlikdan o‘tishi, qaysi tilda material o‘rganishi, o‘qituvchi va tengdoshlari bilan muloqot qilishini aniq bilishi kerak», dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Davlat Dumasi qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar tayyorlamoqda, buni Davlat Dumasining Migratsiya siyosati komissiyasi navbatdagi yig‘ilishda muhokama qiladi.