O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-Yorkda Indoneziya tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi bilan uchrashdi.
Indoneziya tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi bilan uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarda, xususan, savdo, "yashil" energiya, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari sohalarida foydalanilmagan salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.
O‘zaro munosabatlarga yangi sur’at bag‘ishlash maqsadida O‘zbekiston va Indoneziya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida Ikki tomonlama maslahatlashuvlar qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.