Nyu-Yorkda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.
"BMT bosh qarorgohida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Janobi Oliylari bilan uchrashishdan mamnunmiz, — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining salomini yetkazdik va Bosh kotib janoblariga BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasi boshlangani va Kelajak sammiti muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladik".
Qayd etilishicha, BMT rahbariyati va tuzilmalarining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar dasturini doimiy qo‘llab-quvvatlashi yuksak qadrlanadi.