Nigeriyada sher hayvonot bog‘i xodimini g‘ajib tashladi

Jahon 00:16 / 30.09.2024 7893

Nigeriya janubi-g‘arbida sher voler qulfini yopmagan hayvonot bog‘i xodimini g‘ajib tashladi, deb xabar beradi BBC.

Qayd etilishicha, 35 yoshli marhum Nigeriya sobiq prezidenti Olusegun Obasanjoga tegishli Yovvoyi tabiat bog‘ida ishlab kelgan. Mahalliy politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, «sher erkakning bo‘yin qismiga halokatli jarohatlarni yetkazgan». Hayvonot bog‘i xodimini yirtqichning changalidan ozod etish uchun sher otib tashlangan.

Hayvonot bog‘i ma’muriyatining ta’kidlashicha, xodim 28 sentabr kuni hayvonot bog‘i yopilganida bir necha mehmonni sherga ovqat berish jarayonini tomosha qilish uchun olib borgan. «Hayvonot bog‘i xodimi o‘ziga ishonib yuborib, qafasni ochiq qoldirgan va yirtqichni oziqlantirishga kirishgan. Sher esa uni g‘ajib tashlagan», — deydi mas’ullar.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Hindistonning Bannergxatta milliy bog‘ida oq yo‘lbarschalar volerni tozalayotgan xodimni g‘ajib tashlagan. The Times of India xabariga ko‘ra, bog‘ xodimi va uning yordamchisi yo‘lbarslar saqlanayotgan volerni bo‘m-bo‘sh deb o‘ylagan. Biroq, u yerda ona yo‘lbars ikkita yo‘lbarsvachcha bilan dam olayotgan bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: