Hafta davomida harorat nisbatan ko‘tariladi

O‘zbekiston 14:07 / 30.09.2024 15695

30 sentabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, respublikaning ayrim joylarida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida faqat kechqurun biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun havo harorati +18...+23 daraja atrofida ancha salqin bo‘ladi. 1-4 oktyabr kunlari recpublika bo‘yicha o‘rtacha iliq va asosan quruq ob-havo kuzatiladi.

Faqat 2 oktyabrda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida, 3-4 oktyabr kunlari respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 sentabr va 3-4 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat asosan kechalari 1 oktyabrda +7...+12 bo‘ladi, 2-4 oktyabrda +12...+17 gacha ko‘tariladi. Kunduz kunlari 1-2 oktyabrda +22...+27, 3-4 oktyabrda +25...+30 daraja bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.

Poytaxtda 30 sentabrda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat +20...+22 bo‘ladi. 1-4 oktyabr kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 2 sentabrda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Harorat kechalari 1 oktyabrda +9...+11, 2-4 oktyabrda +13...+16 gacha ko‘tariladi, kunduz kunlari  1-2 oktyabrda +24...+27, 3-4 oktyabrda +27...+30 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Ko‘proq yangiliklar: