Angliya: «Arsenal»ning burchak to‘plari va Palmerning porlashi
«Nyukasl» – «Manchester Siti» 1:1
Gollar: 0:1 – 35 Gvardiol, 1:1 – 58, penalti Gordon.
«Nyukasl» – Poup, Holl, Bern, Sher, Trippiyer (Livramento, 78), Bruno Gimaraes, Tonali (Longstaff, 77), Joelinton, Barns (Uillok, 76), Merfi, Gordon.
«Manchester Siti» – Ederson, Gvardiol, Akanji, Ruben Diash, Uoker, Lyuis (Savio, 81), Kovachich, Grilish (Doku, 81), Gundo‘g‘an (Foden, 66), Bernardu Silva, Holand.
Ogohlantirishlar: Sher (26), Bruno Gimaraes (32), Ederson (56), Kovachich (60), Tonali (62), Grilish (62), Joelinton (63), Ruben Diash (90).
Hosep Gvardiola Rodrining jarohatidan keyin yechim o‘ylab topishi shart ekanini aytdi, lekin «Siti» mavsum boshidagi bir necha o‘yinda ham ispaniyalik futbolchiga dam bergandi. Lekin hozir tajriba uchun boshqa ikki figura — jarohatlangan De Breyne hamda Yevro-2024 turniridagi ishtirokidan keyin formasini tiklashda davom etayotgan Foden yetishmayapti. Qolaversa, Gundo‘g‘an «Etihad»ga qaytganidan keyin hali oldingi darajasiga chiqmadi.
Lekin bu muammolar Nyukaslda o‘tgan o‘yinda jamoaga birinchi raqam ostida harakatlanishga xalal bermadi. «Qarg‘alar» faolroq boshlagandi, ammo Grilishning pasidan keyin Gvardiol raqib jarima maydoni ichiga yurish uyushtirib, hisobni ochdi. Faqat ikkinchi bo‘lim boshida amaldagi chempionlar o‘yinni susaytirishdi va Gordonni oldinga o‘tkazib yuborishdi. Ederson uni qo‘pollik bilan to‘xtatishga majbur bo‘ldi va «Nyukasl» vingeri o‘tgan mavsum boshidan buyon yettinchi bor 11 metrlik jarima zarbasini ishlab, uni o‘zi golga aylantirdi.
O‘yinning qolgan qismida ham «Siti» mezbonlarni jarima maydoniga qamashda davom etdi, ammo Poup devoridan o‘tib bo‘lmadi, uning Bernardu Silvaning zarbasidan keyin amalga oshirgan seyvi — tur bezagiga aylandi.
Holand APLning bu mavsumida ilk bor maydonni golsiz tark etdi (6-turga kelib). U birinchi bo‘limda Byorn oyog‘iga bergan zarbadan keyin o‘yinni biroz oqsoqlanib davom ettirdi. Hujumchi o‘yin davomida besh bor zarba berdi, lekin ulardan birortasini chinakamiga xavfli deb bo‘lmaydi.
«Arsenal» – «Lester» 4:2
Gollar: 1:0 – 20 Martinelli, 2:0 – 45+1 Trossar, 2:1 – 47 Jastin, 2:2 – 63 Jastin, 3:2 – 90+4 Ndidi avtogol, 4:2 – 90+8 Havers
«Arsenal» – Rayya, Kalafiori, Gabriel, Saliba, Timber, Martinelli (Sterling, 74), Rays, Parti (Nvaneri, 85), Saka, Havers, Trossar.
«Lester» – Hermansen, Kristiansen, Okoli, Fas, Jastin, Uinks, Skipp (Al-Hannus, 90+1), Ndidi, Buonanotte (Ayyu, 85), Mavididi (Dekordova-Rid, 90+1), Vardi.
Bu turda «Arsenal» ham ochko yo‘qotishi mumkin edi, jamoa Edegor safdan chiqqanini og‘riqli o‘tkazmoqda. Lekin bu safargi vaziyatni norvegiyalikning yo‘qligi bilan oqlab bo‘lmasdi. «Kanonirlar» tanaffusga 2:0 hisobidagi ustunlik bilan yo‘l olishdi va barchasi nazorat ostidadek ko‘rinayotgandi. Ammo ikkinchi bo‘lim boshida jarima zarbasi ijro etilganida Jastin hisobni qisqartirdi (to‘p Havers orqali rikoshet bo‘lib darvoza to‘riga borib tushdi), keyin esa o‘ng qanotda yolg‘iz qoldirilganida havodagi to‘pga chiroyli zarba berib, muvozanatni tikladi.
O‘yin oxiri esa — titul uchun kurashishda zarur bo‘lgan xarakter va tabiiyki saviyani namoyish etish bo‘yicha darslik bo‘ldi. Barcha Mikel Arteta jamoasi burchak zarbalarini qanchalik xavfli ijro etishidan xabardor, ammo bu hech kimni qutqarib qololmaydi. Asosiy e’tibor havodagi kurashlar qiroli Gabriel Magalyansni to‘xtatish uchun qaratilganida boshqa qahramon topiladi. Bu safar — kichik bo‘yli Trossar. Bu holatda to‘p Ndidining oyog‘i orqali rikoshet bo‘lib darvozaga borishi ham yordam berdi, ammo omad kuchlilarga kulib boqadi. Bu vaziyatda avtogol yozildi. G‘alaba qozonilganida buning ahamiyati yo‘q, ammo bu Sakani startdagi qatorasiga olti o‘yinda golli uzatma bergan futbolchi sifatida APL rekordini o‘rnatishdan mahrum etdi.
«Chelsi» – «Brayton» 4:2
Gollar: 0:1 – 7 Ryutter, 1:1 – 21 Palmer, 2:1 – 28, penalti Palmer, 3:1 – 31 Palmer, 3:2 – 34 Baleba, 4:2 – 41 Palmer.
«Chelsi» – Sanches, Kukurelya (Veyga, 70), Koluill, Fofana, Gyusto, Fernandes (Laviya, 79), Kaysedo, Palmer, Sancho (Mudrik, 71), Madueke (Netu, 63), Jyekson (Nkunku, 79).
«Brayton» – Verbryuggen, Estupinyan, Dank, Uebster (Igor Julio, 57), Kadio‘g‘li (Ensiso, 71), Baleba, Viffer (Ayyari, 57), Hinshelvud, Mitoma, Uelbek (Fergyuson, 81), Ryutter (Minte, 71).
«Stemford Brij»da kechgan parallel uchrashuvda ham 4:2 hisobi qayd etildi, ammo u yerda hech qanday drama ro‘y bermadi. Mehmonlar tezda hisobni ochishgan bo‘lsa-da, Palmer birinchi bo‘limdayoq o‘yin taqdirini hal qildi.
Mohiyatan uning karerasi endi boshlanmoqda, u esa tarixga kirib bo‘ldi. «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan yarimhimoyachi «Chelsi» safida 39 o‘yin o‘tkazdi va allaqachon het-triklar soni (3) bo‘yicha Dide Drogba, Frenk Lempard va Jimmi-Floyd Hasselbaynk kabi o‘tmish yulduzlari bilan tenglashib oldi. Klub rekordi u qadar katta natija emasligi tushunarli. Lekin Palmer APL rekordini ham o‘rnatdi — birinchi bo‘limda to‘rt gol urgan futbolchi sifatida.
- 21-daqiqada Jyekson «Brayton» darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi, ammo to‘pni o‘zi tepmasdan, Palmerga pas uzatdi, u esa jarima maydoni chizig‘idan aniq zarba yo‘lladi.
- 28-daqiqada Palmer Sanchoga ishlatilgan fol uchun belgilangan penaltini aniq ijro etdi.
- 31-daqiqada Palmer jarima zarbasini aniq ijro etib, 30 metr masofadan yaqin to‘qqizlikni nishonga oldi.
- 41-daqiqada u yana yaqin burchakka zarba yo‘lladi, bu safar o‘yindan.
Palmer penta-trikka erishishi ham mumkin edi, ammo yana bir epizodda uning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegdi. Endi angliyalik futbolchi APLning olti turidan keyin urgan gollari sonini oltitaga yetkazdi. U «gol+pas» tizimida Holandga yetib oldi (norvegiyalik hujumchi 10 gol urgan, assist yo‘q).
Xosep Gvardiola o‘tgan yil yozida uni qo‘yib yuborganiga afsuslanayotgani aniq. Manchesterning qizil qismida esa — «MYu» muxlislari Erik ten Hag bilan kelisha olmasdan, boshqa jamoaga o‘tib ketgan Sanchoni sog‘inmoqda. Angliyalik vinger yangi jamoasida uchta golli pas berib ulgurdi. Bu «qizil iblislar» safidagi Brunu Fernandesh, Garnacho, Reshford va Eriksen kabi futbolchilarning bu mavsumdagi jami golli uzatmalari sonidan ko‘p.
«Chelsi» esa birinchi bo‘limning o‘zida ikki bor gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, g‘alabani saqlab qoldi va 13 ochko bilan kuchli to‘rtlikda joylashgan.
«Brentford» – «Vest Hem» 1:1
Gollar: 1:0 – 1 Mbemo, 1:1 – 54 Souchek.
«Brentford» – Flekken, Ayyer, Pinnok, Kollinz, van der Berg, Yanelt, Damsgor, Shade (Yarmolyuk, 60), Lyuis-Potter, Mbemo, Karvalyu (Konak, 85).
«Vest Hem» – Areolya, Emerson (Mavropanos, 46), Kilmen, Todibo, Uan-Bissaka, Rodriges, Kudus (Soler, 46), Lukas Paketa (Sammervill, 76), Souchek, Bouen (Irving, 90+2), Antonio (Ingz, 75).
APLda top-klublar yoki ushbu klublarning futbolchilari tomonidan o‘rnatilayotgan turli rekordlar muxlislarni zeriktirayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo bu safar ancha kamtarona «Brentford» futbolchilari noyob natija qayd etishdi.
Sentyabr oyida milliy jamoalar o‘yinlari uchun yuzaga kelgan tanaffusdan keyingi turlarda ushbu jamoa barqarorlik ko‘rsatmoqda. Faqat ochkolar jamg‘arishda emas, gollar uchun tayming bo‘yicha. 14 sentabr kuni «Brentford» «Manchester Siti» bilan o‘yinning 23-soniyasida hisobni ochdi — hujumchi Yoan Vissa darvozani ishg‘ol etdi. 21 sentabrda bu jamoa «Tottenhem» darvozabonini ranjitdi, 24-soniyada Brayan Mbemo gol urdi, 28 sentabrda esa — «Vest Hem» ham ushbu hujumchidan 37-soniyadayoq tezkor gol o‘tkazib yubordi.
«Brentford» — APL tarixida qatorasiga uch o‘yinning ilk daqiqasida gol urgan birinchi klub. Bunday seriya professional darajada hech bir jamoa bilan kuzatilmagan. Faqat bir nyuans bor. Ilk daqiqalardagi gollar «Brentford»ni «Manchester Siti» (1:2) bilan o‘yinda ham, «Tottenhem» bilan o‘yinda ham (1:2) qutqara olmagan. Ikki holatda ham birinchi bo‘limlardayoq ikkita gol o‘tkazib yuborilgan. «Vest Hem» ustidan ham g‘alaba qozonilmadi (1:1). Jamoa tarixga kirdi, ammo bu uch o‘yinda faqat bir ochko oldi.
Mbemo esa joriy mavsumdagi gollari sonini beshtaga yetkazib oldi. «Brentford» keyingi turni 5 oktyabr kuni uyda, «Vulverhempton»ga qarshi o‘tkazadi. Bunday statistikaga ega jamoaga qarshi maydonga chiqish har qanday raqib uchun qo‘rqinchli. Aftidan, endi bu jamoaga qarshi o‘yinlardagi birinchi galdagi vazifa — ilk daqiqalarda gol o‘tkazib yubormaslik bo‘ladi.
«Vulverhempton» – «Liverpul» 1:2
Gollar: 0:1 – 45+2 Konate, 1:1 – 56 Ait-Nuri, 1:2 – 61, penalti Saloh
«Vulverhempton» – Jonston, Ait-Nuri, Gomesh, Bueno (Doyl, 77), Semedu, Andre, Bellgard (Borjyesh, 52), Gomes, Lemina, Mateus Kunya, Larsen (Xvan Xi Chxan, 68).
«Liverpul» – Alisson, Roberson (Gomes, 89), van Deyk, Konate, Aleksander-Arnold, Mak Allister, Gravenberh, Soboslai (Jons, 73), Dias (Gakpo, 73), Saloh, Diogu Jota.
Ligada kunning oxirgi o‘yini nisbatan oddiy kechdi. Statistikaga ko‘ra ham «Liverpul» — «Vulverhempton» uchun eng noqulay raqib edi. «Bo‘rilar» qizillarga 17-bor yutqazdi, Jonston esa Soboslaining yaqin masofadan yo‘llagan zarbasini qaytarib, muqarrar mag‘lubiyatni biroz ortga surdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Diogu Jotaning uzatmasidan keyin Konate hisobni ochdi.
Lekin gol muallifi ikkinchi bo‘lim boshida intrigaga sabab bo‘ldi. Fransuz himoyachi yoki to‘p maydonni tark etdi deb hisobladi, yoki Alissonga ishonib qoldi. Nima bo‘lganda ham Strand-Larsen oxirigacha davom etdi va Ait-Nurini golli pas bilan ta’minladi. Lekin intriga uzoqqa cho‘zilmadi va Saloh 2021 yildan buyon ilk bor qatorasiga uchinchi safar o‘yinida gol urdi. Bu safar misrlik hujumchi Jota ishlagan penaltini aniq ijro etdi va Arne Slot jamoasini birinchi o‘ringa olib chiqdi.
Ispaniya: Flik rekordsiz qoldi
«Osasuna» – «Barselona» 4:2
Gollar: 1:0 – 18 Budimir, 2:0 – 28 Saragosa, 2:1 – 53 Viktor, 3:1 – 72, penalti Budimir, 4:1 – 85 Bretones, 4:2 – 89 Yamal.
«Osasuna» – Errera, Xuan Krus (Errando, 84), Boyomo, Katena, Areso (Vidal, 84), Oros, Torro, Ibanes, Ruben Garsiya (Penya, 59), Saragosa (Bretones, 77), Budimir (Raul Garsiya, 77).
«Barselona» – Penya, Martin (Balde, 70), Kubarsi, Dominges (Fort, 85), Kunde, Erik Garsiya, Pedri, Torre (Rafinya, 59), Viktor (Yamal, 59), Levandovski (Kasado, 70), Ferran Torres.
Hansi Flik klub rekordi tomon ketayotgandi, «Barselona» qatorasiga besh o‘yinda yutgan jamoasi maydonida mavsumdagi qatorasiga sakkizinchi g‘alaba kutilgandi. Ammo kataloniyaliklar murabbiyiga tig‘iz taqvim xalal berdi, seshanba kuni Chempionlar ligasida o‘ynash kerak, shuning uchun hujum chizig‘ida Levandovskiga sherik sifatida odatdagi Yamal hamda Rafinya o‘rniga, Ferran Torres va boshlang‘ich tarkibdan ilk bor o‘rin olgan Pau Viktor tushirildi.
Ikkinchi jamoadan jalb etilgan vinger «Vilyarreal» bilan o‘yinda golli pas bergandi, bu o‘yinda esa «Osasuna» darvozabonini pas berishdagi xatosi uchun jazoladi. Ammo bu vaqtga kelib «Barsa» himoyachilari ikki gol o‘tkazib yuborishgandi. Pamplonaliklar «Bavariya»dan ijaraga olgan Saragosa avvaliga jamoaning xorvatiyalik mergani Budimirni golli pas bilan ta’minladi, keyin esa o‘zi Inyaki Penya bilan duelda ustun keldi.
«Barsa» dastlabki 45 daqiqalikda o‘zi uchun sharmandali 0,05 xG qayd etishdi. Bu 2011 yildan buyon eng yomon ko‘rsatkich. Hisob 2:1 ko‘rinishida ekanida maydonga tushirilgan Yamal va Rafinya ham o‘yinni o‘zgartira olmadi. Aksincha, Budimir yosh Serxi Domingesning folidan keyin belgilangan penaltini aniq ijro etib, hisobdagi farqni yana ikkitaga yetkazdi. Yamal o‘yin oxirida «to‘qqizlik»ni aniq nishonga oldi, ammo bu vaqtga kelib «Osasuna» to‘rtinchi golini urib ulgurgandi. Bu mag‘lubiyatdan keyin ham «Barsa» hamon turnir jadvalida yakkapeshqadam bo‘lib qolmoqda, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Madrid derbisida g‘alaba qozongan jamoa ularga faqat yaqinlashib olishi mumkin.
Italiya: Lautaro porladi, «Yuve» hali gol o‘tkazmadi
«Udineze» – «Inter» 2:3
Gollar: 0:1 – 1 Frattezi, 1:1 – 35 Kabasele, 1:2 – 45+3 Martines, 1:3 – 47 Martines, 2:3 – 83 Lukka.
«Udineze» – Okoyye, Ture, Biyol, Kabasele, Zemura, Exizibue, Sarraga (Bravo, 86), Karlstrem (Atta, 74), Lovrich (Ekkelenkamp, 59), Devis (Lukka, 59), Toven (Brenner, 74).
«Inter» – Zommer, Bastoni (de Vrey, 75), Acherbi, Bissek, Dimarko (Karlos Augusto, 65), Darmian, Mxitaryan, Chalxono‘g‘li, Frattezi (Zelinski, 85), Martines (Korrea, 86), Tyuram (Torimiy, 75).
Italiyaning amaldagi chempionlari mavsum startida kutilmaganda safar o‘yinlarini muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi. Avvaliga «Inter» «Jyenoa» bilan o‘yinning qo‘shimcha daqiqalarida ustunlikni boy berdi (2:2), keyin esa «Monsa» bilan o‘yinda oxirgi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (1:1). Lekin endi bu kompleksga barham berilgan, «neradzurrilar» g‘alaba uchun kelganini 1-daqiqadayoq namoyish etishdi, Darmian ajoyib pas bilan Frattezini yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Ammo asosiysi — nihoyat jamoa sardori va eng yaxshi hujumchisi Lautaro Martines gol urishni boshlagani bo‘ldi. Argentinalik futbolchi birinchi bo‘lim oxirida Dimarkoning qanotdan uzatmasiga oyoq qo‘yish orqali golsiz seriyasiga barham berdi. Ikkinchi bo‘lim boshida — yaqin masofadan turib to‘pni darvoza burchagiga yo‘lladi. Bu hujumda asosiy ishni to‘p uchun oxirigacha kurashgan Tyuram bajardi, u o‘tgan mavsum oxiridan buyon Lautaroga beshinchi bor assistentlik qilmoqda. Bu A seriyada hujumdagi tandemlar uchun eng yaxshi natija.
«Jyenoa» – «Yuventus» 0:3
Gollar: 0:1 – 48, penalti Vlahovich, 0:2 – 55 Vlahovich, 0:3 – 89 Fransishku Konseysau.
«Jyenoa» – Gollini, Vaskes, Bani, de Vinter, Axanor (Matturro, 69), Dzanoli (Sabelli, 85), Miretti (Kasa, 69), Badel (Boxinen, 26), Frendrup, Pinamonti, Vitinya (Ankeyye, 69).
«Yuventus» – Perin, Ruxi (Kambiyazo, 74), Bremer, Kalulu (Savona, 74), Danilo, Makkenni (Duglas Luis, 62), Fadjioli, Yildiz (Tyuram, 74), Kopmeyners, Gonsales (Fransishku Konseysau, 62), Vlahovich.
Tiagu Motta effekti. «Yuventus» — chempionat peshqadami. Lekin yakshanba kungi o‘yinda turinliklarning hamshaharlariga qarshi o‘ynaydigan «Napoli» oldinga chiqib ketishi mumkin. Ammo nima bo‘lganda ham «Keksa sinioralar» muxlislari xursandchilik qilishi mumkin. Birinchidan, ular anchadan buyon o‘z sevimlilarini turnir jadvalining eng yuqorisida ko‘rishmagandi. Ikkinchidan, «Yuve» — top-5 ligalarda bu mavsumda hali gol o‘tkazmagan yagona jamoa bo‘lib qolmoqda.
Jamoa olti turda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va bu A Seriya rekordi! Jamoa mudofaasida barchasi joyida. Hujumda ham. Vlahovich mavsumda ikkinchi bor dubl qayd etdi va ligada hali hech kim bunday natijaga bu qadar qisqa muddatda erishmagandi. Serbiyalik hujumchiga Kopmayners assistentlik qildi, u yangi jamoasiga juda tez moslashib ketdi. Uchinchi golni esa jamoaning boshqa yangi futbolchilari – zaxiradan tushgan Hefren Tyuram va Fransishku Konseysau uyushtirishdi.
Germaniya: peshqadamlar bahsida durang
«Bavariya» – «Bayyer» 1:1
Gollar: 0:1 – 31 Andrih, 1:1 – 39 Pavlovich.
«Bavariya» – Noyyer, Devis, Kim Min Je, Upamekano, Gerreyru (Laymer, 78), Pavlovich, Kimmih, Olise (Sane, 78), Gnabri (Koman, 65), Musiala, Keyn (Myuller, 86).
«Bayyer» – Gradetski, Inkapie, Ta, Tapsoba, Virts (Palasios, 90), Tere (Adli, 58), Grimaldo (Belosyan, 90+1), Frimpong, Andrih, Chaka, Bonifase (Tella, 78).
Ogohlantirishlar: Habi Alonso (23), Upamekano (23), Andrih (32), Virts (57), Grimaldo (71).
O‘tgan mavsumdan e’tiboran «Bavariya»ning «Bayyer» bilan uchrashuvlari dolzarbligi borasida myunxenliklarning dortmundliklarga qarshi nemis klasikasidan o‘tib ketmoqda. Navbatdagi to‘qnashuv o‘ta hujumkor leverkuzenliklar zarurat tug‘ilganida pragmatik o‘yin ko‘rsatishi va atigi uchta zarba bilan ham ochko olishi mumkinligini ko‘rsatdi. Gol uchun esa birgina burchak zarbasi ijro etilishi yetarli bo‘ldi (amaldagi chempionlar standart vaziyatdan yettinchi bor gol urishdi), bu vaziyatda myunxenliklar jarima maydoni ichida Chakani bo‘sh qoldirishdi, u esa to‘pni qulay vaziyatdagi Andrihga tashlab berdi. Uning zarbasidan keyin Noyyerda deyarli imkon yo‘q edi, ko‘p o‘tmay maydonning ikkinchi tomonidagi darvozani qo‘riqlagan Gradetski esa u qadar murakkab bo‘lmagan holatda jamoasini qutqara olmadi, u Pavlovichning uzoqdan yo‘llagan zarbasini o‘tkazib yubordi.
Boshqa tomondan, finlar posboni bavariyaliklarning yangi yulduzi Olisega ikki metrdan gol urishga yo‘l qo‘ymadi. Bundan tashqari, Lukash Gnabri to‘pga havodaligida zarba yo‘llaganida omad Lukashga kulib boqdi, dastlabki zarba ustunga, ikkinchisi to‘singa tegdi. «Bavariya» g‘alabaga yaqinroq edi, durangdan keyin ham peshqadamlikni saqlab qoldi, ammo natijaga rozi bo‘lmagani aniq. Qolaversa, o‘yin oxirida Keyn cho‘loqlangancha maydonni tark etdi, u uch yildan buyon ilk bor darvoza sohasiga aniq zarba berolmadi. «Bayyer» tarkibida ham jiddiy yo‘qotish bor, Grimaldo o‘yinni oxirigacha davom ettira olmadi. Dastlabki baholarga ko‘ra, Keyn yengil shikastlangan, ammo yakshanba kuni angliyalik hujumchi to‘liq tekshiruvdan o‘tkaziladi.
RB «Leypsig» – «Augsburg» 4:0
Gollar: 1:0 – 10 Sheshko, 2:0 – 15 Sheshko, 3:0 – 46 Openda, 4:0 – 57 Simons.
RB «Leypsig» – Gulachi, Raum (Xenrixs, 75), Lukeba (Bitshiabu, 84), Orban, Gertryuyda, Simons, Aydara (Vermeren, 75), Zayvald, Nusa (Baumgartner, 65), Sheshko (Poulsen, 84), Openda.
«Augsburg» – Labrovich, Shlotterbek (Matsima, 58), Gaueleu, Bauer, Vargas (Mune, 58), Rejbechay (Yyensen, 68), Yannulis, Yakich, Oniyeka, Volf (Kudossu, 68), Tits (Kabadayi, 78).
«Bayyer» ustidan qozonilgan yorqin g‘alabadan keyin Leypsig jamoasining natijalari pasaya boshlagandi. «Ho‘kizlar» jamoasi Chempionlar ligasida «Atletiko»ga alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradi, bundesligada esa «Union» va «Sankt-Pauli» kabi kuchsizroq raqiblar bilan o‘yinlarda golsiz duranglar qayd etildi. Jamoa futbolchilari bor alamini «Augsburg»dan olishdi. Sheshko esa to‘rt daqiqa ichida uzoq masofadan ham, yaqindan ham darvoza to‘rini ishg‘ol etdi. Sloveniyalik hujumchi to‘rtinchi gol muallifi Simonsga assistentlik ham qildi, ikkinchi bo‘lim boshida uchinchi golni urgan Opendani esa Simons to‘p bilan ta’minlagandi. Marko Roze shogirdlarining so‘nggi bir oy ichidagi ilk g‘alabasi o‘ta ishonchli bo‘ldi.
Kun statistikasi
- Hujumchi Antonio «Vest Hem»ning APLda gol+pas tizimida 100 ochko jamg‘argan (67+33) 1-futbolchisi bo‘ldi.
- «Fulhem» hujumchisi Raul Himenes APLda Haviyer Ernandesdan keyin 50 gol urgan 2-meksikalik bo‘ldi.
- «Brentford» qatorasiga 3-turda 1-daqiqadayoq hisobni ochib, Angliya rekordini o‘rnatdi.
- «Lill» hujumchisi Devid yil boshidan buyon 26 gol urishga ulgurdi. Shanba kuni «Gavr» bilan o‘yinda het-trik qayd etgan kanadalik top-5 ligalarda faqat Holand va Mbappedan (har ikkisi 29 tadan gol urgan) ortda qolmoqda.
- «Nyukasl» 32 o‘yindirki «Manchester Siti»ga qarshi bahslarda darvozasi daxlsizligini saqlay olmayapti. Bu APLda ikki jamoa qarama-qarshiliklaridagi rekord seriya.
- «Real Sosiyedad» yarimhimoyachisi Kubo la ligada 167-o‘yinini o‘tkazib, yapon futbolchilari uchun turnir rekordini o‘rnatdi.