Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar uchun shartlarni aytdi

Jahon 09:36 6191

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning aytishicha, «Kiyev Moskva bilan urushni to‘xtatish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar «kuchli pozitsiyadan» olib boriladigan bo‘lsa, bunga tayyor. Agar AQSh prezidenti Donald Tramp xavfsizlik kafolatlarini taqdim etsa, bu mumkin, dedi u 22 yanvar, chorshanba kuni Bloomberg agentligiga bergan intervyusida.

Ukraina va tinchlikparvar kuchlar uchun xavfsizlik kafolatlari

«Agar prezident Tramp bizga, Ukraina uchun bu kuchli va qaytarib bo‘lmaydigan xavfsizlikni kafolatlay olsa, biz diplomatik yo‘ldan boramiz. Men tushunamanki, Rossiyasiz bu urushni diplomatik yo‘l bilan to‘xtatib bo‘lmaydi», — dedi u. Ukraina uchun uzoq muddatli xavfsizlik kafolati NATOga a’zo bo‘lish yoki AQSh ishtirokida G‘arb tinchlikparvar kuchlarining mavjudligi bo‘ladi, deb hisoblaydi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy Ukrainadagi jangovar harakatlar tugaganidan keyin Rossiyaning qayta qurollanishiga va kelajakda yangi harbiy tajovuziga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, eng xavfli ssenariy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga urushni qayta boshlash imkonini beradigan tinchlik bo‘ladi. «U prezident Trampga ko‘p narsalarni va’da qiladi, hatto u bilan uchrashish uchun ham u juda uzoqqa boradi», — deya ogohlantirdi u.

Zelenskiy, shuningdek, Rossiya bilan muzokaralarni boshlashning adolatli sharti uning qo‘shinlarini, hech bo‘lmaganda, 2022 yil fevralida Rossiyaning to‘liq miqyosli hujumi boshlanishidan oldingi chiziqqa olib chiqib ketishi bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: