RF Adliya vazirligi yozuvchilarni va «Dose» markazini «chet el agentlari» deb e’lon qildi

Jahon 10:16 / 28.09.2024 836

Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi 27 sentabr, juma kuni Rossiyadagi korrupsiya, Rossiya maxsus xizmatlari va Kremlning xorijdagi tashviqotiga oid surishtiruvlarni nashr etuvchi «Dose» markazini chet el agentlari reyestriga kiritdi.

Adliya vazirligining yangilangan ro‘yxatida Freedom Letters nashriyot uyi asoschisi Georgiy Urushadze, yozuvchi va adabiyotshunos Aleksandr Genis, madaniyatshunos Aleksandr Etkind, amerikalik tarixchi Yuriy Felshtinskiy, yozuvchi va jurnalist Sergey Gulyayev ham bor.

Urushadze tomonidan asos solingan Freedom Letters nashriyoti «Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan matnlarni» nashr etadi, deyiladi loyiha saytida.

Aleksandr Etkind — rus intellektual tarixi bo‘yicha tadqiqotlari bilan mashhur madaniyat mutaxassisi. Uning so‘nggi kitoblari orasida - Rossiyaning Ukrainaga to‘liq bostirib kirishidan keyin yozilgan «Rossiya zamonaviylikka qarshi».

Yuriy Felshtinskiy razvedka xizmatlarining Rossiya siyosatiga ta’siri haqidagi kitoblari bilan mashhur. Uning eng mashhur matnlaridan biri - 2006 yilda Londonda zaharlangan sobiq «FSB» zobiti Aleksandr Litvinenko bilan birgalikda yozilgan «FSB Rossiyani portlatyapti».

Aleksandr Genis — 1977 yilda AQShga ko‘chib ketgan rus yozuvchisi va jurnalisti. U matbuot bilan 40 yildan ortiq hamkorlik qilib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: