Tabiiy suv havzalari davlat rahbarining tegishli qaroriga asosan tadbirkorlik sub’yektlariga E-auksion elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion orqali ijaraga beriladi. Shu maqsadda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “G‘azalkent” suv ombori platformaga joylashtirildi. Bir oylik boshlang‘ich ijara haqi: 525 000 so‘m.
Obekt 10 yil muddatga ijaraga beriladi. Agar auksion g‘olibi 5 ish kuni ichida operator xizmat haqiga yetarli mablag‘ni to‘lamagan yoki ijara shartnomasini imzolashni rad etgan taqdirda, auksionning salohiyatli g‘olibi mavjud bo‘lsa unga operator xizmat haqiga yetarli mablag‘ni to‘lash uchun 5 ish kunlik muddat beriladi.
Ushbu muddat davomida salohiyatli g‘olib to‘lovni amalga oshirsa, auksion g‘olibi deb e’tirof etiladi va unga mazkur nizomda belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi. Salohiyatli g‘olib to‘lamaganda yoxud mavjud bo‘lmaganda, takroriy auksion savdolariga chiqariladi.