"Madaniyatlararo va dinlararo muloqot orqali barqaror rivojlanish uchun tinch va inklyuziv jamiyatlar yaratishga ko‘maklashish" mavzusida yuqori darajadagi panel muhokamalarini o‘tkazdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari.
Baxtiyor Saidov BMT Tsivilizatsiyalar alyansi, barcha ma’ruzachilar va ishtirokchilarga ko‘rsatgan ko‘magi uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekistonning umumiy xavfsizlik va farovonlik manfaatlari yo‘lida tinchlik, muloqot va inklyuzivlik madaniyatini ilgari surish bo‘yicha qat’iy intilishi yana bir bor tasdiqlandi.