Tanzila Norboyeva Butunxitoy qo‘mitasi raisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston 21:45 / 27.09.2024 2193

Ayni kunlarda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tashrifning birinchi kunida Tanzila Norboyeva Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi raisi Van Xunin bilan uchrashgan.

Uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ko‘p tomonlama strategik aloqalar yangi bosqichga yuksalganligi e’tirof etilgan.

Muloqot davomida Senat raisi parlamentlararo aloqalarni uzviy davom ettirish, do‘stlik guruhlari faoliyatini jadallashtirish bilan birga ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlik, bunda mahalliy Kengashlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish zarurligini alohida qayd etgan.

«Shu bilan birga, tomonlar savdo-iqtisodiy, texnologiya, transport, energetika, fan-ta’lim, innovatsiya, turizm sohalari hamda qishloq xo‘jaligi va ekologiya masalalari yuzasidan o‘zaro hamkorlik rejalarini muhokama qildi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Sankt-Peterburg shahrida Yevrosiyo xotin-qizlar forumi doirasida tashkil etilgan yalpi majlisning ochilishi marosimida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ma’ruza qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: