Turizm qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi

O‘zbekiston 11:25 / 26.09.2024 1782

“O‘zbekistonda tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Xalqaro qo‘shma komissiyadan (Joint Commission International) akkreditatsiyadan o‘tgan dastlabki 30 ta xususiy tibbiyot muassasasining akkreditatsiyadan o‘tish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi. 

Turizm qo‘mitasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:

  • O‘zbekistonning chegara bojxona postlari hududida xorijiy fuqarolar uchun respublikadagi tibbiyot, sog‘lomlashtirish muassasalari imkoniyatlari to‘g‘risida targ‘ibot kampaniyalarini tashkil qilish;
  • davlat tili va xorijiy tillarda tibbiyot hamda sog‘lomlashtirish muassasalarining yagona reyestrini shakllantirish va uni doimiy ravishda yangilab borish;
  • toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylarni sertifikatlashtirilishini tashkil qilish;
  • maxsus tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi yo‘nalishlari (marshrutlari)ni ishlab chiqish.

2025 yil 1 martgacha quyidagilar ishga tushiriladi:

  • tibbiyot muassasalari, sanatoriylar va tibbiy turizm yo‘nalishida xizmat ko‘rsatuvchi turoperatorlarning xizmatlari sifati baholab borilishini nazarda tutuvchi reytingni shakllantirish uchun elektron platforma;
  • davlat tili va xorijiy tillarda tibbiyot hamda sog‘lomlashtirish muassasalarining yagona reyestri.
Ko‘proq yangiliklar: