Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Husanov allaqachon moslashgan» – Gvardiola Abduqodirni «Chelsi»ga qarshi o‘yinga tayyor deb hisoblamoqda

Foto: Getty Images
Pep Gvardiola «Manchester Siti»ning «Chelsi»ga qarshi shanba kungi uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etib, Abduqodir Husanov va jamoaning qolgan yangi o‘yinchilari haqida fikrini bildirdi.
Ispaniyalik mutaxassis tarkibdagi muammolardan kelib chiqqan holda «Siti»ning uchala yangi o‘yinchisi ham «Chelsi»ga qarshi o‘yin qaydnomasidan o‘rin olishini tasdiqladi.
«Vitor Reys yosh, uning katta potensiali bor, ammo hali unga vaqt kerak. Abduqodir Husanov esa allaqachon moslashishga ulgurgan, u fransuz ligasida baquvvat va tezkor o‘yinchilarga qarshi o‘ynagan. Omar Marmush so‘nggi mashg‘ulotimizda qatnashdi va o‘ylaymanki, u ham tezda moslashadi», - dedi Pep.
«Manchester Siti» ustozi jurnalistlar savollariga javob qaytararkan, jarohatlar sababli tarkibda o‘yinchilarning yetishmayotgani va yangi o‘yinchilarning yordamidan umid qilayotganini bildirdi.
«Albatta, bu o‘yinda yangi o‘yinchilar yordam berishi mumkin, ular aynan shu maqsadda taklif etilgan. «Chelsi»ga qarshi o‘yin uchun menda faqat bitta markaziy himoyachi bor. [Abduqodir] Husanovni ham hisoblasak, menda yana bir himoyachi bo‘ladi, «Bryugge»ga qarshi o‘yingacha esa himoyachilar ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Ruben Diash va Doku jarohati sababli yordam bera olmaydi. O‘yinlarimiz ko‘pligini inobatga olgan holda, katta tarkibga ega bo‘lish biz uchun muhim.
Pep Gvardiola matbuot anjumanida «Manchester Siti» uchun keyingi ikki o‘yinning muhimligini ham baholadi. 25 yanvarda «Manchester Siti» APLda «Chelsi»ga qarshi, 29 yanvarda esa YeChLda «Bryugge»ga qarshi o‘ynaydi.
«Bungacha bizda katta muammolar bo‘lishiga qaramay, APL turnir jadvalida «Chelsi» bilan yonma-yon turibmiz. Bu juda muhim hafta bo‘ladi. Kelgusi ikki o‘yin biz uchun finalga tengdir. Muxlislar qo‘llab-quvvatlashi evaziga bu to‘siqlardan muvaffaqiyatli o‘tamiz, deb umid qilaman», – deydi «Manchester Siti» bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, APL 23-turi doirasidagi «Man Siti» va «Chelsi» uchrashuvi 25 yanvar, shanba kuni soat 22:30da boshlanadi. Manchester klubi 38 ochko bilan 5-o‘rinda, London jamoasi esa 40 ochko bilan 4-pog‘onadan joy olgan. YeChL guruh bosqich so‘nggi turida esa «Siti» «Bryugge»ni mag‘lub etibgina keyingi bosqichga yo‘llanma olishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskvada «ArBat» batalyoni asoschisi xudkush tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:10
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
-
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:13
-
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem
Jahon | 11:51
Mavzuga oid

02:13 / 14.07.2025
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi

17:41 / 13.07.2025
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi

11:05 / 09.07.2025
«Chelsi»da yangi yulduz porlamoqda. Joau Pedru sobiq jamoasini ayamadi va londonliklarni finalga olib chiqdi

12:21 / 01.07.2025