Surxondaryoda YTH sodir etgan Lacetti gaz quvuriga urildi. Qariyb 2 mingta xonadon gazsiz qoldi

Jamiyat 22:38 / 26.09.2024 3650

Surxondaryoda Lacetti gaz quvuriga kelib urilgan. Oqibatida gaz sizib chiqqan va 1915 ta xonadon ta’minotdan vaqtincha uzib qo‘yilgan. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 24 sentabr kuni soat 21:40 da Muzrabot tumanida harakatlanayotgan Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetiga chiqib ketgan va diametri 219 mm bo‘lgan gaz quvuriga kelib urilgan.

Oqibatda, quvurdan gaz sizib chiqqan va holatni bartaraf etish uchun 915 ta xonadonga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgan.

Ushbu nosozlikni bartaraf qilish uchun hududga maxsus brigada jalb etilgan va avariya oqibatlari 25 sentabr kuni soat 18:11 da to‘liq bartaraf qilingan. Iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish jarayoni bosqichma-bosqich tiklangan.

Xabarda YTH sodir etgan haydovchining ahvoli haqida ma’lumot berilmagan. Bu YTH haqida Surxondaryo viloyati IIB YHXBB axborot xizmati ham rasmiy xabar bermadi.

Ko‘proq yangiliklar: