"Sho‘rtan-Sirdaryo" magistral gaz quvurining nuqsonli qismlari almashtirilmoqda 

Jamiyat 16:46 / 26.09.2024 2933

 Qurilish maydoniga 50 nafardan ortiq ishchi xodim va 20 dan ortiq maxsus texnika vositalari jalb qilingan. Samarqandlik magistralchilarga Zirabuloq, G‘allaorol va muboraklik hamkasblari yordamga kelishgan. Chunki soatiga 1 mln metr kub tabiiy gaz o‘tkazish quvvatiga ega bu yirik inshootda davom etayotgan tadbirni qisqa muddatlarda va sifatli bajarish chog‘ida qo‘shimcha kuchlarning ziyoni bo‘lmaydi. 

"Sho‘rtan-Sirdaryo" magistral gaz quvuri juda ahamiyatli va muhim tarmoqlardan biri hisoblanadi. Quvurdan respublikamizdagi yirik muhandislik inshootlari bo‘lgan "Sirdaryo" va "ACWA POWER SIRDARYA" issiqlik elektr stansiyalari hamda Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi 53 543 ta aholi xonadoni va 1595 ta ulgurji iste’molchilar tabiiy gaz bilan ta’minlanadi. 

Bugun quvurning Qashqadaryo viloyati hududidan o‘tuvchi 15-kilometrida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari, yirik tarmoqning ishonchliligini oshirib, tabiiy gaz o‘tkazish samaradorligiga hissa qo‘shadi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: