Jamiyat | 23:25 / 26.02.2025
3583
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yuk mashinasi gaz quvuriga urilishi oqibatida ayrim iste’molchilar gaz ta’minotidan uzildi

Ayni vaqtda tuman gaz ta’minoti bo‘limining avariya brigadasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Foto: Hududgazta’minot

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi yuqori bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining urilishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatildi. Bu haqda «Hududgazta’minot» matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa oqibatida «Bog‘bon» MFYdagi 300 ta yerli xonadon, «Arg‘in» MFYdagi 400 ta yerli xonadon va 15 ta ulgurji iste’molchida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.

Ayni vaqtda tuman gaz ta’minoti bo‘limining avariya brigadasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Avariya-tiklash ishlari yakunlangandan so‘ng iste’molchilarni ogohlantirgan holda gaz ta’minoti qayta tiklanishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, Samarqand viloyati Payariq tumanida ham yuqori bosimli gaz quvuriga yuk mashinasi shikast yetkazgan. Oqibatda «Payariq-2» Gsdan tabiiy gaz bilan ta’minlanuvchi 5200 xonadon va 81 ta ulgurji iste’molchida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.

Ta’kidlanishicha, hozirda tuman gaz ta’minoti bo‘limining avariya brigadasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid