O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi 31 yilligi munosabati bilan Toshkentda kubok musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Jamiyat 16:08 / 26.09.2024 3963

Musobaqa doirasida chavandozlar 100 sm, 110 sm va 120 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash borasida o‘z mahoratlarini sinab ko‘rishdi. Quyida musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari:

 1-yo‘nalish – “Bolalar” 100 sm

 Mamadaliyev Dilshodbek — Sweet and Sour

 Nazarova Sevinch — Elis Dji

 Sobirjonov Muxammadrasul — Mustang

 2-yo‘nalish – “Barcha uchun” 110 sm

 Sharipov Akbar — Cachmaker

 Dushchenko Mariya — Lider

 Negmatov Ashrafxon — Odemus G

3-yo‘nalish – “HEFU CUP” 120 sm

Sharipov Akbar — Affir

Erkinov Alisher — Prins Kornet

Erkinov Alisher — Kuldanser

Musobaqa yakunida federatsiya tashkil topgungacha mehnat qilib kelgan faxriy xodimlarga esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

Tadbirga xalqaro ot sporti federatsiyasining (FEI) vakili Edouard Pierre Henri tashrif buyurdi. U joriy yilning 21-27 oktyabr kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan "Fei Jumping World Challenge Toshkent 2024 Final" musobaqasiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: