«Rosneft» davlat neft kompaniyasi Forbes tomonidan tuzilgan Rossiyaning eng serdaromad kompaniyalari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Ro‘yxatda jami 100 ta kompaniya bor.
2023 yil oxirida «Rosneft» 1,528 trillion rubl sof foyda oldi. Bir yil avval kompaniya 813 mlrd rubl bilan reytingda uchinchi o‘rinni egallagan edi.
O‘tgan yilgi yetakchi «Gazprom» 2023 yil oxirida rekord darajadagi 583 milliard rubl zarar bilan ro‘yxatdan chiqib ketdi.
Reytingda ikkinchi o‘rinda 1,509 trln rubl sof foyda bilan «Sberbank», uchinchi o‘rinda esa «Surgutneftegaz» (1,32 trln) joy olgan. Birinchi o‘nlikka, shuningdek, «Lukoyl» (1,16 trln.), «Novatek» (469,5 mlrd), VTB (432,2 mlrd), «Saxalinskaya energiya» (315,3 mlrd), «Transneft» (306,6 mlrd), «Tatneft» (286,3 mlrd), «Norilskiy Nikel» (251,8 mlrd) kirdi.
Forbes qayd etilganidek, reytingdagi 100 ta kompaniyaning umumiy foydasi 13,2 trillion rubldan oshdi. Bir yil avval bu ko‘rsatkich 9,27 trillion rublni tashkil qilgan edi.