Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda Nexia haydovchisi halok bo‘ldi

Jamiyat 21:25 / 25.09.2024 3667

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida haydovchi halok bo‘lgan.

Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 24 sentabr kuni soat 16:30 larda yuz bergan.

M-37 xalqaro avtomobil yo‘lining Oqdaryo tumani “Dahbed” MFY hududidan o‘tuvchi qismida haydovchi Nexiani Buxoro-Samarqand yo‘nalishida boshqarib ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan KOEGEL tirkamasining orqa qismidan kelib urgan.

Oqibatda, Nexia haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: