Qashqadaryoda ov miltig‘i otilishi oqibatida ayol kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 11:39 / 25.09.2024 6498

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida fuqarolardan biri uyida beparvolik bilan saqlab kelgan ov miltig‘i otilib ketishi oqibatida ayol kishi halok bo‘lgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Yakkabog‘ tumani “O‘rta” MFYda yashovchi Q.N. 2013 yilda o‘ziga biriktirilgan otish uchun yaroqli bo‘lgan “Toz-16” rusumli ov quroli va uning o‘qlariini saqlashda beparvolik qilgan.

Jumladan, u 2024 yil 22 sentabr kuni ov qurolini Husen qishlog‘ida joylashgan molxona binosi yonidagi omborxonada joylashgan seyfga tiqib qo‘yishni unutib, ochiqda qoldirgan.

O‘sha kuni soat 14:30 larda Q.N.ning kelini M.J. molxonani tozalash uchun kirgan va ehtiyotsizlik qilib qurolni seyfga joylamoqchi bo‘lgan. Shunda miltiq otilib ketgan va o‘q ayolning boshiga tegib uni jarohatlagan. Oqibatda ayol voqea joyida halok bo‘lgan.

Mazkur holatda qurol saqlashda ehtiyotsizlik qilgan Q.N.ning harakatlarida jinoyat tarkibi bo‘lgani uchun, 2024 yil 24 senyabr kuni unga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 249-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Yakkabog‘ tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limiga yuborilgan.

Ko‘proq yangiliklar: