O‘zbekiston va Serbiya dippasport egalari uchun vizasiz tartib to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

O‘zbekiston 11:43 / 25.09.2024 719

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Serbiya tashqi ishlar vaziri Marko Jurich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Serbiya tashqi ishlar vaziri Marko Jurich janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – Shubhasiz, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sheriklik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun hali qilinadigan ishlar ko‘p". 

Qator sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi mexanizmlaridan samarali foydalanish yo‘llari muhokama qilindi.

Shuningdek, Diplomatik pasport egalari uchun vizasiz tartib to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Ko‘proq yangiliklar: