Samarqandda fuqarolarni Isroil davlatiga yuborishini aytib pul olgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 20:36 / 24.09.2024 3762

Samarqand shahrida fuqarolarni Isroilga yuborishini aytib pul olgan shaxslar aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan U.V. va F.F. uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Isroilga ishga yuborishlari evaziga jami 52 700 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

U.V. va F.F. o‘z aybiga iqror bo‘lib, fuqarolardan qo‘lga kiritgan pullari hisobidan 7 000 dollarning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Boshqa bir holatda, Samarqand shahridagi “E.L.” nodavlat ta’lim muassasasi ish yurituvchisi U.H. fuqarolar Z.Z. va B.A.ni ushbu o‘quv markazida o‘qitib, keyin Isroilga ishga yuborishi evaziga 6 700 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: