Saylovlarni kuzatish uchun 50 ta davlatdan 400 ga yaqin, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi, Shanhay hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti kabi 21 ta xalqaro tashkilotlarning qariyb 500 nafarga yaqin, 26 ta xorijiy davlatlar saylov komissiyalarining 60 nafar, jami 1 ming nafardan ortiq xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi tomonidan O‘zbekistonga saylovlarni kuzatish bo‘yicha to‘laqonli katta Missiyasini, ya’ni tarkibida asosiy guruh, uzoq muddatli va qisqa muddatli jami 350 nafarga yaqin kuzatuvchilar bilan ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
MSK majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar saylovlarida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi Markaziy saylov komissiyasi qarori qabul qilindi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, MDH Parlament assambleyasi, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi kabi xalqaro tashkilotlardan yuborilgan kuzatuvchilarning bir qismi akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Hozirda kuzatuvchilarni akkreditatsiyadan o‘tkazmoqchi bo‘lgan xorijiy va xalqaro tashkilotlar o‘z davlatlaridan turib E-Saylov axborot tizimiga kirishi hamda belgilangan namunadagi ma’lumotlarni elektron tarzda kiritib, ko‘rib chiqish uchun yuborish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.