Otorinolaringologiya yo‘nalishida ilmiy laboratoriyalar tashkil etilmoqda
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning ba’zi qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Foto: spbpmc.ru
Xususan, normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartishlar kiritilib, bolalikdan nogiron bo‘lgan shaxslarni parvarish qiluvchi shaxslarga (ota-onalar va boshqalarga) davlat statsionar tibbiyot muassasalarida davolanish davrida bepul ovqatlanish imkoniyati beriladi.
Shu bilan birga, Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazida "Yuqori nafas yo‘llari a’zolarining fiziologiyasi va patologiyasi", "Eshitish va muvozanat a’zolarining fiziologiyasi va patologiyasi", "Foniatriya va ronxopatiya" ilmiy laboratoriyalari tashkil etilmoqda. Ularning moliyalashtirilishi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining "Davlat ilmiy tashkilotlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Mavzuga oid

10:16 / 13.01.2025
Ichimlik suvi sifati monitoringini yurituvchi markaziy laboratoriya tashkil etiladi

18:11 / 11.12.2024
Avstraliyadagi laboratoriyada o‘limga olib keluvchi viruslar solingan yuzlab flakonlar yo‘qoldi

13:13 / 31.07.2024
Laboratoriyada tekshirilgan 8 ta oziq-ovqat mahsuloti sifatsiz ekani aniqlandi – Raqobat qo‘mitasi

13:39 / 04.04.2024