OIIB Samarqandda o‘tadigan yillik yig‘ilishi dasturini e’lon qildi

Jahon 09:32 / 24.09.2024 1839

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu tadbir ko‘p tomonlama rivojlanish banki qatnashchilari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi, shuningdek, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot bankining yirik hamkorlaridan biri hisoblanadi.

OIIBning yillik yig‘ilishi "Barcha uchun barqaror infratuzilma yaratish" mavzusiga bag‘ishlanadi, unda Osiyoda infratuzilma rivojlanishidagi yutuqlar yoritiladi, hozirda mavjud bo‘lgan hamda kelajakdagi muammolar va yechimlar ko‘rib chiqiladi. Ikki kunlik konferensiya to‘rtta yuqori darajali yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: rasmiy va munozarali dasturlar, OIIB tashabbusi va fuqarolik jamiyati bilan muloqotlar.

Mezbon davlat sifatida O‘zbekiston OIIB tomonidan moliyalashtirilgan suv sektori bo‘yicha infratuzilmani mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarini namoyish etadi va Samarqand, Jizzax hamda Sherobodda dunyodagi yetakchi qayta tiklanuvchi energetika kompaniyasi Masdar tomonidan ishlab chiqilgan Markaziy Osiyodagi eng yirik quyosh energiyasi loyihasi qurilishi jarayonini ko‘rsatadi. Munozaralar davomida resurslarni jalb qilish va strategik hamkorlik imkoniyatlari ham muhokama qilinadi.

Rasmiy dastur doirasida OIIB rahbarlari va bankka a’zo davlatlar yuqori martabali vakillari ishtirokida davra suhbatlari va bitimlar imzolash marosimlari bo‘lib o‘tadi.

Munozarali dastur uchta mavzuli oqimga bo‘linadi:

- "Barqaror infratuzilma" sessiyalari yo‘llarni rivojlantirish, mintaqaviy aloqalar, infratuzilma loyihalarining barqarorligi va «yashil» moliyalashtirish masalalariga bag‘ishlanadi;
- "Barcha uchun infratuzilma" oqimida moliyalashtirishning innovatsion usullari, sog‘liqni saqlash va iqlim o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda gender masalalari ko‘rib chiqilib, infratuzilmani inklyuziv rivojlantirishga yangi qarashlar beriladi;
- xususiy sektor bo‘yicha sessiyalarda barqaror rivojlanish uchun xususiy kapitalni jalb qilish, amaliy yechimlar va investitsiya imkoniyatlarini namoyish etish masalalari muhokama qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: