Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat 24—25 sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida va 25 sentabrda Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.
Haftaning ikkinchi yarmida respublika hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan bir oz salqin va nisbatan nam havo kirib kelishi kutilmoqda.
26—27 sentabr kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida 26 sentabrda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 24—25 sentabrda shimolda va cho‘l hududlarda, 26 sentabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 26 sentabrda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari 14-17 daraja, kunduz kunlari 23—25 sentabrda 28-31 daraja, 26—27 sentabrda 24-27 daraja bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 25-26 sentabrda 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.