Hindiston O‘zbekistonda elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishi mumkin

Iqtisodiyot 09:12 / 21.09.2024 3018

Hemant Jain O‘zbekistondagi tarixiy o‘zgarishlar jarayonidan yaxshi xabardorligini bildirib, elektr avtomobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish, issiqlik elektr stansiyalari barpo etish va boshqa o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda birgalikdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yish rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Tomonlar, shuningdek, o‘zaro munosabatlarning boshqa istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan ham fikr almashdi.

KLJ Group guruhi kimyo va neft-kimyo mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, iste’mol yog‘i va boshqa yuqori qiymatli tovarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya Hindistondan tashqari Qatar va Tailandda sanoat korxonalari faoliyatini tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: