Qora dengizdagi mazut Qrim qirg‘oqlarigacha yetib bordi

Jahon 09:52 / 03.01.2025 2071

Dekabr oyida Qora dengizga to‘kilgan neft mahsulotlari Qrim qirg‘oqlarigacha yetib bordi. Bu haqda 2 yanvar, payshanba kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Qrim plyajlarida neft mahsulotlari

Payshanba kuni ertalab Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Qrim Respublikasida neft mahsulotlari aniqlangani yuzasidan hech qanday dalil topilmagani» haqida xabar berdi. Ammo tez orada agentlik «Qrimda neft mahsulotlari bilan ifloslangan ikkita hudud aniqlanganini» e’lon qildi. Ular Kerch shahar plyaji hududida va Tobechik ko‘li yaqinida joylashgan.

Voqea joyiga 150 ga yaqin kishi va 48 ta texnika kelgan. Payshanba kuni kechqurun Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Qrimda neft mahsulotlari to‘kilishini bartaraf etish bo‘yicha ishlar yakunlangani» haqida xabar berdi. Sohilning 4 kmga yaqin qismi tozalandi, 2 tonnadan ortiq ifloslangan qum va tuproq olib chiqildi, 168 ta qush qutqarildi.

Payshanba kuni Krasnodar o‘lkasi operativ shtabining ma’lum qilishicha, so‘nggi kunlarda Anapa va Temryuk hududi plyajlaridan deyarli 73 ming tonna neft mahsuloti bilan ifloslangan qum olib chiqilgan. Uni qayta ishlash uchun olib borish hozircha maksimal mumkin bo‘lgan qayta ishlash hajmi ortib ketganligi sababli vaqtincha to‘xtatilgan.

RFda mazut to‘kilishi sababli federal darajadagi favqulodda rejim joriy etildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kerch bo‘g‘ozida tankerlar halokati oqibatida mazut to‘kilishi sababli federal darajadagi favqulodda holat (FH) e’lon qildi. Bu haqda 26 dekabr kuni Qrim rahbari Sergey Aksenov ma’lum qildi. Unga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun federal budjetdan mablag‘ ajratiladi.

Bir kun avval Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratev mintaqaviy darajada favqulodda holat e’lon qilgan edi. Bungacha, 17 dekabrdan Anapa va Temryuk rayonida munitsipal darajada favqulodda holat joriy qilingan. 21 dekabr kuni neft mahsulotlari Qrim qirg‘oqlariga yetib borgach, Kerchda favqulodda holat joriy etildi.

Ko‘proq yangiliklar: