OTB O‘zbekistonda mikrokorxonalarni rivojlantirish uchun 300 mln dollar ajratadi

Iqtisodiyot 08:01 / 20.09.2024 1101

19 sentabr kuni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston hukumatining mikrokorxonalarning moliya olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha choralarini qo‘llab-quvvatlash uchun 300 million dollar miqdorida sektorni rivojlantirish dasturini ma’qulladi.

Dastur o‘z ichiga bank xizmatlari bilan qamrab olinmagan yoki yetarli darajada qamrab olinmagan mikrokorxonalarni qo‘llashni oladi. Bu esa mamlakatda barqaror va inklyuziv o‘sishga imkoniyat yaratadi.

Inklyuziv moliya sektorini rivojlantirish dasturining 1-kichik dasturi inklyuziv moliyani rivojlantirish uchun siyosat muhitini yaxshilash, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning institutsional salohiyatini oshirish va mikromoliya bozori o‘sishini ta’minlash uchun moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha tarkibiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Mamlakatning moliya sektorida davlat tijorat banklari ustunlik qiladi, inklyuziv moliyani taqdim etuvchi mikromoliya tashkilotlari esa bank tizimining atigi 0,5 foizini tashkil qiladi. Global Findex`ning 2021 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, voyaga yetgan O‘zbekistonliklarning faqat 44 foizi rasmiy moliya institutlarida hisobraqamlariga ega, bu esa Markaziy Osiyodagi o‘rtacha 58 foizni tashkil etuvchi mintaqaviy ko‘rsatkichdan ancha past.

Ko‘proq yangiliklar: