Malayziya O‘zbekistonda dronlardan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi

O‘zbekiston 07:46 / 20.09.2024 1694

Ushbu hamkorlik O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, u 4,3 mln gektar ekin maydonlarini o‘z ichiga oladi.

Meraque kompaniyasi kelgusi uch yil ichida O‘zbekistonda mingta ish o‘rni yaratadigan va 100 ming gektar qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatadigan ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish uchun 20 mln Malayziya ringgiti sarmoya kiritmoqchi. Kompaniya, shuningdek, mintaqadagi texnologik takomillashtirish uchun qo‘shimcha 30 mln ringgit yig‘moqchi.

Hamkorlikning asosiy qismi – qishloq xo‘jaligi uchun dronlar ekotizimini yaratish siyosatini ishlab chiqish bo‘ladi, bu esa mamlakatning 100 ming fermeri uchun samaradorlik va barqarorlikni oshiradi. 

Ko‘proq yangiliklar: