12 sentabr kuni Toshkentda yangi Hills Blue majmuasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Kompaniya xonadonlar sotuvini boshladi.
Majmua shunchaki yashash uchun emas – yaxshi yashash uchun
Zamonaviy dizayn va yuqori sifatli materiallar bilan qurilayotgan majmuaning o‘ziga xos tartibi va konsepsiyasi shaharning zamonaviy imijiga muvofiq keladi. Bu yerda istiqomat qiluvchi aholiga:
- Sifatli qurilgan xonadonlar;
- Yirik restoran va ovqatlanish shoxobchalari;
- Jamoat ishlari uchun maxsus zona va dam olish maydonlari;
- Poytaxtdagi yirik tennis kortlaridan biri, sog‘lomlashtirish markazlari, basseynlar va bolalar maydonchalari;
- O‘quv muassasalari va savdo nuqtalari taqdim etiladi.
Loyihaning asosiy buyurtmachisi qurilish, turizm, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalarida ko‘p yillik tajribaga ega Hills Group kompaniyasi hisoblanadi.
“Biz hamkorlar bilan birga 2 yildan ziyod vaqt Hills Blue turar joy majmuasi loyihasini tayyorladik. Loyihaning me’moriy jihatiga Turkiyaning “Hasan Sözüneri Mimarlık” kompaniyasi mas’ul bo‘ldi, texnik nazoratni esa, Fransiyaning “Burau Veritas” inspeksiya-sertifikatlash kompaniyasi amalga oshirdi, qurilish bilan bog‘liq barcha masalalarni “Aysel Group” o‘z zimmasiga oldi. Barcha hamkorlar o‘z sohalarida yetakchi ekspert sanaladi. “Aysel Group” hisobida O‘zbekiston Milliy banki, InfinBANKʼning binolari, “Tashkentlend” akvaparki, Grand Mir mehmonxonasini qurish, shuningdek, Urganch, Buxoro va Samarqand aeroportlarini qayta ta’mirlash kabilar mavjud”, — deydi Hills Blue loyihasi rahbari Azizbek Karimov.
Hills Blue’ni tanlash uchun sabablar
Majmua poytaxtning markaziy tumanlaridan birida shahar shovqinidan xoli, Yapon bog‘i va akvapark yonida joylashgan. Transport maqsadida esa metroning Bodomzor bekatiga atigi 5 daqiqalik masofada. Toshkentdagi ko‘kalamzor nuqtalar Hayvonot bog‘i va Botanika bog‘iga esa avtomobilda bir necha daqiqalarda yetib olish mumkin.
Hills Blue TJM – 4,7 gektar hududda joylashgan keng ko‘lamli loyiha bo‘lib, 44 qavatli markaziy binoni va beshta 22 qavatli turar joy bloklarini, yana bir qancha ko‘p qavatli binolarni o‘z ichiga oladi.
“Biz loyihaning har bir jihatiga: zilzilabardoshlikdan to ekologik tozalikkacha e’tibor berdik. Masalan, O‘zbekiston uchun dolzarb bo‘lgan seysmik sinovlarni o‘tkazish uchun yapon mutaxassislarni taklif etdik. Majmua binosining yuqori zilzilabardoshligini qoziqoyoqli poydevor konstruksiyasi ta’minlaydi, unda yuqori toifadagi A500 klassdagi 51 664 tonna temir armatura va M600 klassdagi beton ishlatilgan. Majmua quyosh panellaridan to generator va suv rezervuarigacha – har qanday sharoitda siz uchun qulay hayotni ta’minlaydigan texnologiyalar bilan jihozlangan”, - deydi loyihaning me’moriy hamkori “Hasan Sözüneri Mimarlık” me’morlik kompaniyasi rahbari Hasan Sozuneri.
Sotuv uchun chegirmalar va biznes uchun imkoniyatlar
Sotuv uchun 2700 dan ortiq alohida apartamentlar taklif etiladi, ularning maydoni birdan to‘rt xonagacha bo‘lib, har bir xonadonda balkon mavjud. Xonadonlar white-box holatida (pardozlashdan oldingi holatda) sotiladi, ya’ni barcha devorlar, xona bo‘linma pardevorlari, kommunikatsiyalar va deraza romlari o‘rnatilgan. Yakuniy dizayn-loyihani har bir oila o‘z ehtiyojlariga ko‘ra tanlashi mumkin.
Elektromobillar uchun maxsus zaryadlash stansiyalari mavjud. Yuqori sifatli texnologik va tezkor liftlar bilan jihozlangan, butun majmua uchun alohida generator va umumiy suv rezervuari elektr energiyasi ta’minotidan uzluksiz foydalanishni ta’minlaydi. Suvni isitish tizimi esa tomlardagi quyosh generatsiyasi orqali ta’minlanadi.
Hills Blue majmuasi shaharning zamonaviy hayotiga yangi qo‘shilgan muhim bir qo‘shilma bo‘lib, undagi yuqori sifatli qulayliklar va jamoat maskanlari rezidentlarga komfort va osoyishta hayot ta’minlashga qaratilgan.
Asosiy 44 qavatli binoning pastki qavatlarida ishchi hududlar, yuqori qavatida esa oval minorada hashamatli restoran joylashgan, u yerda poytaxtning ajoyib manazarasi namoyon bo‘ladi. Bloklar atrofini landshaft dizayni, sport maydonchalari va sayr hududlariga ega ko‘kalamzor hudud qamrab oladi.
Ayni paytda xonadonlar uchun 100 foiz to‘lovda 30 foizlik chegirmalar e’lon qilingan. Boshqa to‘lov usullarida ham chegirmalar taqdim etiladi – muhimi har bir mijoz uchun qulaylik yaratish.
Hills Blue TJMda xonadonlar sotib olish to‘g‘risida batafsil axborotni kompaniya ofisida olish mumkin.
Telefon: +998 55 516 55 55
Sayt: https://hillsblue.uz/ru
Reklama