«Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi» dasturi amalga oshiriladi

O‘zbekiston 22:37 / 19.09.2024 1792

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 sentabr kuni atrof-muhitni muhofaza qilish va turizm sohalaridagi takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda tibbiy turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.

Qayd qilinishicha, O‘zbekiston bu yo‘nalishda Markaziy Osiyoning «chorlovchi nuqtasi» sifatida targ‘ib qilinadi. «Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi» dasturi amalga oshiriladi. Tibbiy va sog‘lomlashtirish muassasalari faoliyati rag‘batlantirilib, ularning yagona reyestri ishga tushiriladi. Mehmonxonalar kabi yulduzli sanatoriylar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Davlat rahbari bular bo‘yicha hujjat loyihalarini puxta ishlab chiqish va ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Ko‘proq yangiliklar: