Aloqa Ventures Royal Taxi va Platma’ni moliyalashtiradi

Jamiyat 13:51 / 19.09.2024 2418

Shuningdek, Aloqa Ventures Qozog‘istonning Activat VC venchur kompaniyasi va School 21 IT-maktabi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi.

Bundan tashqari, “ICTWeek Uzbekistan 2024” haftaligi doirasida Aloqa Ventures tomonidan moliyalashtirilgan yana bir loyiha – Startup Garage ham namoyish qilindi. Ushbu loyihaning maqsadi innovatsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, sarmoya jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashishdan iborat.

Startup Garage doirasida yiliga 20 dan ortiq startap loyihani qo‘llab-quvvatlash hamda bu orqali O‘zbekistonning texnologik va iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish rejalashtirilgan.

Haftalikda Aloqabankning Zoomrad mobil ilovasiga qo‘shilgan yangi imkoniyatlardan biri – Face Pay tizimi haqida ham ma’lumot berildi. Ushbu tizim savdo nuqtalarida to‘lovlarni yuzni skanerlash orqali amalga oshirishga imkon beradi. Bu esa ilovani yanada xavfsiz va ishonchli qiladi. Tizim hozirda sinov tariqasida ishga tushirilgan bo‘lib, yil yakuniga qadar undan keng qamrovda foydalanish mumkin bo‘ladi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: