Yangi Amerika texnologiyalar universiteti talabalarning ilk qabuli uchun stipendiyalar haqida e’lon qiladi

O‘zbekiston 15:27 / 17.09.2024 6819

Amerika texnologiyalar universiteti (AUT), Arizona davlat universiteti (ASU) bilan hamkorlikda, O‘zbekistonda AQShning ilg‘or ta’lim standartlarini taqdim etadi. ASU AQShda innovatsiyalar, barqarorlik va global ta’sir toifalarida bir necha marta birinchi o‘rinlarni olgan.

O‘zbekistonlik talabalar oldida Arizona davlat universitetining eng yaxshi akademik dasturlaridan foydalanish imkoniyati ochiladi. Ular xalqaro o‘qituvchilar tarkibi rahbarligi ostida jahon miqyosida ta’lim oladilar. Ta’lim ingliz tilida olib boriladi.

AUT ilk talabalarni Toshkentdagi Beshyog‘och ko‘chasida joylashgan zamonaviy kampusda qabul qiladi. 2026 yilga borib Amerika uslubidagi injyeneriya, sog‘liqni saqlash, dizayn va ijtimoiy fanlar sohalaridagi kengaytirilgan dasturlarni qo‘llab-quvvatlovchi yangi kampus ochiladi.

AUT va ASU bilan O‘zbekistonda ilg‘or Amerika ta’limi

Arizona davlat universiteti va Cintana Education xalqaro ta’lim kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Amerika texnologiyalar universiteti O‘zbekistonda Amerika modeli bo‘yicha jahon miqyosidagi ta’limni taqdim etadi. ASU-Cintana strategik alyansi tufayli, AUT talabalar uchun ta’lim innovatsiyalari va talabalar muvaffaqiyatiga urg‘u beruvchi yetakchi universitetlarning global tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini ochadi.

Amerika texnologiyalar universiteti amaliy ko‘nikmalar va zamonaviy mehnat bozori talablariga asoslangan (masalan, injyeneriya, axborot texnologiyalari, biznes yo‘nalishlarida) dasturlarni va qiziqishlar bo‘yicha klublar, sport seksiyalari va madaniy tadbirlarga boy sermazmun talabalik hayotini taklif etadi. AUT bo‘lajak yetakchilarni yetishtiradi va O‘zbekistonning 2030 yilga maqsadlarga erishish doirasidagi o‘zgaruvchan talablariga javob beradi. Ilg‘or ta’lim texnologiyalari va shahar markazida zamonaviy kampus bilan ta’minlangan AUT O‘zbekiston va butun mintaqa uchun iqtidorlar yetkazib beruvchi asosiy markazga aylanadi.

Yangi universitet O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi haqiqiy olg‘a qadam bo‘ladi. Biz yuksak Amerika standartlariga muvofiq keluvchi ta’limni taklif etamiz. Dasturlarimiz zamonaviy mehnat bozoridagi eng talabgir kasblarni egallashga qaratilgan. O‘qitish xalqaro o‘qituvchilarni jalb etgan holda, ingliz tilida olib boriladi. AUT o‘quv jarayonining uzviy qismi sifatida mazmundor talabalik hayotini, ilg‘or ta’lim texnologiyalarini va shaharning qoq yuragida zamonaviy kampusni taklif etadi”, — deya, qayd etdi rektor, professor Said Irandust.

40 ta to‘liq va 40 ta qisman stipendiyalarga ega ikkita flagman dasturlar

AUT, ASU bilan hamkorlikda, xalqaro savdo va dasturiy injyeneriya bo‘yicha flagman dasturlarni taklif qiladi, ular kelajak kasblari uchun zaruriy ko‘nikmalarni taqdim etadi.

2024 yil kuzgi semestriga qabul qilingan talabalar uch turdagi stipendiyaga ariza taqdim etishlari mumkin: “A’lo darajadagi o‘zlashtirish”, “Bo‘lajak yetakchilar” va “Texnologik innovatorlar”. Bu faqat 2024 yil kuzgi semestriga qabul qilingan abituriyentlar uchun berilgan imkoniyatdir. Stipendiya fondi 3,5 mlrd so‘mni tashkil qiladi.

Grantlarga arizalarni qabul qilish 2024 yil 26 sentabrgacha davom etadi. https://www.aut-edu.uz/scholarships saytida bu ajoyib imkoniyat haqida ko‘proq ma’lumot olish va ariza taqdim etish mumkin.

Sifatli ta’lim – ijtimoiy mobillik kalitidir. AUT o‘zbekistonlik talabalarga jahon darajasidagi dasturlardan foydalanish imkoniyatini berishga va ularning ham mahalliy, ham xalqaro mehnat bozoridagi karera istiqbollari va raqobatbardoshliklarini sezilarli yaxshilaydigan kompleks ko‘nikmalar to‘plami bilan ta’minlashga intiladi. Rivojlanib borar ekanmiz, biz o‘quv dasturini O‘zbekistonning rivojlanayotgan iqtisodiyoti ehtiyojlariga moslashtirilgan innovatsion ixtisosliklar bilan kengaytirishni rejalashtirganmiz”, — dedi AUT prezidenti va asoschisi, Cintana Education prezidenti doktor Rik Shangrou.

ASU qo‘llab-quvvatlovidagi Amerika texnologiyalar universitetini tanlash uchun sabablar

Jahon e’tirofi: Ikkita – AUT va jahon xalqaro universitetlarining yetakchi 1%iga kiruvchi ASU (Centre for World University Rankings, 2024) diplomini olish imkoniyati;

Innovatsion ta’lim: ASU o‘quv dasturlari, tadqiqotlari va kuchli o‘qituvchilar tarkibidan foydalanish;

Kareraga yo‘naltirilgan dasturlar: tarmoq bilan chambarchas mahalliy va xalqaro aloqalardan foydalaning va o‘z sohasida ixtisoslashgan professorlarda ta’lim oling;

Ishga tayyor bitiruvchilar: sifatli ta’lim va ilg‘or o‘qitish uslublari ajoyib karera imkoniyatlari olamiga yo‘l ochadi;

Global imkoniyatlar: xorijda Arizona davlat universitetida va ASU-Cintana alyansining istalgan boshqa a’zo-muassasasida o‘qish dasturi.

ASU bir necha marotaba e’tirofga sazovor bo‘lgan:

  • AQShda innovatsiyalar bo‘yicha 1- raqamli universitet (U. S. News & World Report, 2016–2024). Qatorasiga to‘qqiz yil davomida u reytingda Massachusets texnologiya universiteti va Stenford universitetini orqada qoldirib kelmoqda;
  • global ta’sir bo‘yicha AQShda 1- raqamli va jahonning top-10 taligiga kiruvchi universitet (Times Higher Education 2024);
  • jahonda xalqaro savdo yo‘nalishida 1- raqamli (QS World University Rankings 2024). U reytingda Michigan universitetining Ross biznes maktabini, Garvard universitetini, Pensilvaniya universiteti Uorton biznes-maktabini orqada qoldiradi;
  • xalqaro talabalar tanloviga ko‘ra, AQSh davlat universitetlari orasida 1- raqamli muassasa (Institute of International Education, 2023).

Universitetimiz missiyasi xalqaro darajadagi oliy ta’limni kelib chiqishi va yashash mamlakatidan qat’i nazar, iqtidorli talabalar uchun imkon doirasida qilishdir. ASU qo‘llab-quvvatlovidagi OTM sifatida, Amerika texnologiyalar universiteti O‘zbekiston talabalarini global iqtisodiyotda muvaffaqiyatli raqobatga tayyorlash uchun ASU hamda ASU-Cintana alyansining boshqa qatnashchilarining ekspertizasidan foydalanadi”, — bildirdi Arizona davlat universitetining vitse-prezidenti va rektori Nensi Gonsales.

Jahon darajasida ta’lim berish va global aloqalarni rivojlantirish majburiyatlariga rioya etgan holda, AUT yangi yetakchilar va novatorlar avlodiga jadal o‘zgaruvchan dunyoda muvaffaqiyatli karera qilish uchun zaruriy ko‘nikmalar, bilimlar va xalqaro diplomlarni taqdim etib, O‘zbekistonda oliy ta’limni o‘zgartirishga tayyorlanmoqda.

Eng yaxshi Amerika ta’lim standartlarini O‘zbekistonning o‘ziga xos ehtiyojlari va intilishlari bilan uyg‘unlashtirib, AUT uzoq yillar davomida mamlakat iqtisodiy o‘sishi va ijtimoiy taraqqiyotining dvigateli bo‘lib xizmat qiladi.

Stipendiyalar, dasturlar va arizalar taqdim etishga oid tafsilotlarni www.aut-edu.uz saytida yoki study@aut-edu.uz elektron pochtasi orqali olishingiz mumkin.

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: