Ruminiya parlamenti zallarining birida noma’lum erkak ichida benzin bor idishni uloqtirib, binoga o‘t qo‘ydi, deb xabar beradi Hotnews.
«Hodisa joyiga politsiya bo‘linmasi xodimlari yetib borgan va dastlabki o‘rganishlar davomida binoga tashrif buyurgan erkak yuzaga kelgan mojarodan keyin tez alangalanuvchi moddani uloqtirgani aniqlandi. Yong‘in mehmonlar kutiladigan joyda sodir bo‘lgan, 300 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Jabrlanganlar yo‘q», — deyiladi xabarda.
Ayni vaqtda mojaro nima sababdan kelib chiqqani noma’lum. Mamlakat huquq-tartibot organlari erkakning yuzini tasvirga olishga muvaffaq bo‘lgan va aholidan uni qidirishda yordam so‘ramoqda.
Politsiya o‘t qo‘ygan shaxsni qidiryapti, unga 2 yildan 7 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Yong‘inga guvoh bo‘lgan deputat Yass Filip Xarvanyanning aytishicha, erkak bir necha kishiga ham benzin sepgan. «Biz parlament qarshisida turganimizda hujum boshlandi, qo‘lida benzin bilan kelgan erkak bir necha kishiga zarba berdi… Buni amalga oshirgan erkak tezroq qo‘lga olinishiga umid qilamiz», — deydi u.