17 dan 20 sentabr kunlari CAYex ko‘rgazmalar markazida ICTWEEK 2024 - O‘zbekiston AKT sohasidagi asosiy tadbirlaridan biri bo‘lib o‘tmoqda. Huawei har yil haftaning asosiy tadbirlarida, jumladan, ICT EXPO 2024 ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Shuningdek, Huawei kompaniyasi birinchi marotaba Huawei ICT Talent Summit - keng ko‘lamli ta’lim sammitini o‘tkazmoqda. 18 sentabr kuni davlat sektori, xalqaro tashkilotlar, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari vakillari, Huawei kompaniyasi va AKT yo‘nalishi talabalari intellektual kelajakni ilgari surish uchun raqamli iqtidorlar transformatsiyasini muhokama qiladilar.
ICTWeYeK 2024 ochilish marosimida Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori Chen Szyakay tabrik so‘zi bilan o‘z chiqishini boshladi. U o‘z nutqida ICTWeYeK Uzbekistan tadbiri nafaqat mahalliy darajada, balki xalqaro miqyosda ham soha mutaxassislari va aholi uchun texnologik innovatsiyalarni namoyish etish uchun muhim maydon ekanligini ta’kidladi. «Biz 5 yil oldin ICTWeYeK 2019 da O‘zbekistonda 5Gning birinchi qadamlarining guvohi bo‘ldik. Mahalliy aloqa operatorlari bilan birgalikdagi sa’y-harakatlar ko‘magida 2021 yildan boshlab mamlakatda 5G aloqa tarmoqlari muvaffaqiyatli tarzda rivojlanmoqda. Bugungi kunda tarmoqlarning keyingi rivojlanishi uchun raqamli infratuzilma shaklida mustahkam poydevor qo‘yilgan bo‘lib, bu yerda tarmoq o‘zining tarmoq, bulut va sun’iy intellekt imkoniyatlarini yangi foydalanuvchilar tajribasi va vertikal sanoat uchun birlashtirishi mumkin bo‘ladi. O‘z navbatida, biz «Raqamli O‘zbekiston - 2030» strategiyasiga tayangan holda va AKT sohasidagi iste’dodlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlagan holda innovatsiyalar orqali mamlakatning raqamli transformatsiyasiga hissa qo‘shishda davom etamiz”.
Huawei stendi ICTWeYeK 2024 ko‘rgazmasida telekommunikatsiya sanoati, iqtisodiyotning turli sohalari, sanoat va jamiyat uchun yechimlar hamda texnologiyalarni taqdim etib, aqlli raqamli dunyo imkoniyatlarini namoyish etadi.
Aloqa operatorlari uy tarmoqlari va kichik va o‘rta biznes korxonalari foydalanuvchilari uchun gigabit tezliklarni taqdim etuvchi yangi FTTR yechimlari bilan tanishish, shuningdek, xizmatlar sifatini oshirish va raqamli kelajakka bir qadam yaqinlashish imkonini beruvchi Sun’iy Intellektga asoslangan kol-markazlarning xizmatlari haqida bilib olishlari mumkin bo‘ladi.
Tashrif buyuruvchilar real vaqt rejimida ko‘zoynaksiz 3D ilova xizmatlarini (Glasses-Free 3D for New Services) sinab ko‘ra oladilar, ular yuqori tezliklar va 5G tarmoqlarining past kechikishini inobatga olgan holda ko‘ngilochar va ijtimoiy sohalarga, masalan, tibbiyot yoki ta’limga yangi tajriba olib kirishga qodir. Kompaniya mutaxassislari esa yuqori sifatli xizmatlarning keng to‘plami tufayli an’anaviy ovozli xizmatlarni 5G tarmoqlarida UHD video chaqiruvlariga o‘zgartirib beruvchi, intellektual tarjima qilish, mijozlarga intellektual xizmat ko‘rsatish imkonini beruvchi, kontent almashishni soddalashtiruvchi hamda masofaviy o‘zaro aloqani boyitadigan «New Calling» texnologiyalarining imkoniyatlarini sinab ko‘rishga yordam beradi.
Stendda ta’lim, davlat xizmatlari, moliya sektori, ishlab chiqarish, elektr tarmoqlari va jamoat joylarida, masalan, ayeroportlarda Wi-Fi 7 texnologiyalarini qo‘llashning turli ssenariylari taqdim etilgan. Wi-Fi 7 simsiz aloqa, yuqori tezlik va yuqori xavfsizlikni o‘zida mujassam etadi.
Intellektual antenna 3.0 texnologiyasi muntazam tarzda optimal quvvatni saqlab, foydalanuvchilarni kuzatib borish imkonini beradi.
Huawei Cloud bo‘limi bulutli arxitektura va texnologik innovatsiyalar turli sohalarda, jumladan, OAV va ko‘ngilochar, elektron tijorat va chakana savdo, internet-moliya, telekommunikatsiyalar va aqlli transport vositalarida biznesni o‘zgartirish hamda operatsion samaradorlikni oshirishga yordam beradigan ssenariylarni taqdim etadi. Xizmat ko‘rsatish sohasi uchun Intellektual yechimlar bo‘yicha ekspertlar Huawei Mobile Money — oddiy va ishonchli moliyaviy boshqaruv uchun «Super APP» ilovasini yaratish uchun zarur vositalar to‘plamiga ega bo‘lgan ilovaning yechimini namoyish etadi.
Intellektual qurilmalar ishqibozlari uchun kompaniya Pura 70 seriyali HUAWEI kamerofoni, harakat chog‘ida yuqori tezlikdagi tasvirga olish va innovatsion telefotoobektiv kabi texnologik yangiliklarni taqdim etadi. Smartfon Kunlun Glass oynasining ikkinchi avlodi bilan jihozlangan bo‘lib, u devaysning old yuzasida ham, orqa panelida ham ishlatiladi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar nova 12 seriya smartfonlari bilan tanishishlari mumkin, u nafaqat yuqori avtonomiyani, balki minimal kechikish bilan kuchli o‘yin protsessorini, «superqurilma» funksiyasini va ko‘plab foydali xizmatlarga ega bo‘lgan ajoyib ishlaydigan EMUI 14 interfeysini taklif qiladi.
ICTWeYeK 2024’ning «Gold Partner»i sifatida Huawei kompaniyasi barchani ko‘rgazma zonasiga tashrif buyurishga, shuningdek, 2024 yil 18 sentabrda bo‘lib o‘tadigan «Huawei ICT Talent Summit» ta’lim sammitida ishtirok etishga taklif qiladi. Sammitda AKT sohasida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy masalalari muhokama qilinadi, shuningdek, ta’lim sohasi uchun raqamli texnologiyalarning so‘nggi yutuqlari taqdim etiladi. Talabalar «ICT Competition 2024-2025» tanlovining IT yo‘nalishlari va tafsilotlari bilan yetakchi universitetlarda Huawei ICT Academy faoliyati bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.