Buyuk Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga 75 mln funt ajratadi

Jahon 21:53 / 17.09.2024 1087

Buyuk Britaniya hukumati noqonuniy migratsiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishga 100 million dollarga (75 million funt) yaqin mablag‘ ajratadi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabarida so‘z boradi.

«Chegara xavfsizligi qo‘mondonligi uchun mo‘ljallangan 75 million funt miqdordagi yangi investitsiyalar joriy yilning kuzida immigratsiya jinoyatlariga qarshi kurashga yo‘l ochadi», — deyiladi xabarda.

Ushbu mablag‘lar qo‘mondonlikni yangi texnologiya va imkoniyatlar, shuningdek, qo‘shimcha xodimlar bilan ta’minlashga sarflanadi.

O‘tgan hafta oxirida IIV rahbari Ivett Kuper razvedka xizmati, huquq-tartibot organlari va hukumat vakillari ishtirokida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishni o‘tkazgan edi.

Ta’kidlanishicha, 2023 yilda Buyuk Britaniyaga 30 mingga yaqin migrant kelgan. Mamlakat hukumati qochqinlarni mehmonxonalarga joylashtirish uchun kuniga bir necha million funt sarflamoqda.

Joriy yilning birinchi yarmida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida, shuningdek, Norvegiya va Shveytsariyada boshpana so‘rab murojaat qilingan arizalar soni biroz kamaygan, ammo yarim milliondan oshadi. Yanvardan iyun oyining oxirigacha Yevropa Ittifoqi boshpana agentligi (EUAA) jami 513 000 ta yangi arizani qayd etgan.

Ko‘proq yangiliklar: