2023 yilda 7,5 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Litvada (Yevropa Ittifoqi davlati) yashashga ruxsat oldi. Bu haqda Eurostat ma’lumotlariga tayanib Kaktus.media xabar berdi.
Qayd etilishicha, jami 56 mingdan ortiq xorijlik Litvada yashashga ruxsat olgan. Ular asosan quyidagi mamlakatlardan kelgan:
- Belarus - 16 174 kishi;
- O‘zbekiston – 7580;
- Qirg‘iziston – 5 086;
- Tojikiston – 4960;
- Hindiston – 3819;
- boshqa mamlakatlardan -18 454.
Shu bilan birga, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalar berishning o‘sish sur’ati bo‘yicha (+79,5%) 2023 yilda Yevropa Ittifoqida Litva birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Xorvatiya (+41,9 foiz) ikkinchi va Ruminiya (+34,9 foiz) uchinchi o‘rinni egalladi.
Chexiya (-18,6%) va Kiprda (-10,9%) vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalar berishda sezilarli pasayish kuzatilgan.