Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – Germaniya» sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston 19:02 / 16.09.2024 4015

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 17 sentabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.

Sammitda mintaqa mamlakatlarining Germaniya bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Savdo-iqtisodiyot, investitsiya, texnologiyalar, transport-kommunikatsiya va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

«Markaziy Osiyo – Germaniya» formatidagi birinchi sammit o‘tgan yilning 29 sentabr kuni Berlin shahrida o‘tkazilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: