Rossiyaga ishlash uchun ketgan o‘zbekistonlik baxtsiz hodisaga uchradi

O‘zbekiston 16:11 / 15.09.2024 2913

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga ishlash uchun ketgan o‘zbekistonlik erkak baxtsiz hodisaga uchradi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakillari Tyumendagi «CZ GK SBK», «Shveynaya fabrika Zapadno-Sibirskaya Manufaktura», «Stalmost» korxonalari rahbariyati va bu yerda ishlayotgan yurtdoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Joriy yil Sankt-Peterburg shahriga ishlash uchun borgan o‘zbekistonlik erkak baxtsiz hodisaga uchrab, tibbiy tez yordam mashinasida «Gorodskaya Mariinskaya bolnitsa» shifoxonasiga yotqizilgan.

Natijada fuqaro moliyaviy qiyin ahvolda qolib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburgdagi vakilligiga murojaat qiladi. Fuqaro tibbiy guruh nazorati ostida, yotiq holatda Sankt-Peterburg – Toshkent aviareysi orqali vatanga qaytarildi.

Ko‘proq yangiliklar: