Angliya: «Liverpul»da ilk yo‘qotish
«Sauthempton» – «Manchester Yunayted» 0:3
Gollar: 0:1 – 35 de Ligt, 0:2 – 41 Reshford, 0:3 – 90+7 Garnacho
Aniq ijro etilmagan penalti: Archer, 33 (darvozabon).
«Sauthempton» – Remsdeyl, Uoker-Piters, Bednarek, Stivens, Sugavara, Ugochukvu (Korne, 64), Dauns, Brereton (Freyzer, 64), Fernandesh (Xarvud-Bellis, 81), Dibling (Lallana, 63), Archer (Styuart, 62).
«Manchester Yunayted» – Onana, Diogu Dalot, Martines (Evans, 77), de Ligt (Kazemiro, 87), Mazraviy (Maguayr, 74), Maynu, Eriksen (Ugarte, 73), Brunu Fernandesh, Reshford (Garnacho, 73), Diallo, Zirkze.
Ogohlantirishlar: Maynu (26), Eriksen (57), Brunu Fernandesh (68), Korne (71), Maguayr (75), Martin (81).
Chetlatish: Stivens (79).
«MYu» mavsum startidagi ketma-ket ikki g‘alabadan keyin «Sauthempton» hujumchilarining ham kuchli bosimiga uchradi, mezbonlar Diogu Dalot jarima maydonida ishlatgan qo‘pollikdan keyin hisobni ochishi ham mumkin edi. Onana esa Archer tepgan to‘pni qaytardi. Bu mankunianliklar uchun kamdan kam uchraydigan holat, chunki jamoa darvozaboni (De Xea) APL o‘yinida so‘nggi bor 11 metrlik jarima zarbasini qaytarishi 2021 yil noyabrida kuzatilgandi. Bu hodisadan keyin «qizil iblislar» tom ma’noda uyg‘onishdi va o‘z uchun qulay raqibga qarshi o‘ynayotganini eslab qolishdi. «Avliyolar»ga qarshi so‘nggi o‘n besh uchrashuvda mag‘lubiyatga uchralmagan.
Onana penaltini qaytargach, keyingi 66 daqiqada «Sauthempton» raqib darvozasiga birorta ham zarba bera olmadi. Holbuki penaltigacha zarbalar bo‘yicha 4:4, gollar hisobi 0:0 edi. Penaltidan keyin zarbalar 0:16, hisob 0:3.
Ikki bor burchak zarbalari ijro etilgan vaqt oralig‘i o‘yin taqdirini hal qildi. Birinchi holatda Brunu Fernandesh to‘pni de Ligtning boshiga qo‘ndirib berdi. Ikkinchi holatda Reshford aylanma zarba berganida ushbu niderlandiyalik himoyachi Ramsdeylning ko‘rish hududini to‘sib turdi va Markusga 12 uchrashuvdan iborat golsiz seriyasiga barham berishda yordamlashdi. Ikkinchi goldan keyin mezbonlarda o‘yinni qutqarishdan umid uzishdi, ikkinchi bo‘lim oxirlarida esa himoyachi Stivens qizil kartochka olgach, jamoa yirik hisobli mag‘lubiyatdan qochib qutula olmadi. Qo‘shimcha daqiqalarda ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Kazemiro boshlab bergan hujumni boshqa bir joker — Garnacho golga aylantirdi. Erik ten Hag jamoasi chempionshipdan chiqqan jamoalarga qarshi g‘alabali seriyasini davom ettirdi (7 g‘alaba).
«Manchester Siti» – «Brentford» 2:1
Gollar: 0:1 – 1 Vissa, 1:1 – 19 Holand, 2:1 – 32 Holand.
«Manchester Siti» – Ederson, Lyuis (Gvardiol, 46), Akanji, Stounz (Ruben Diash, 84), Uoker, Gundo‘g‘an, Kovachich (Rodri Ernandes, 46), Grilish (Bernardu Silva, 84), de Bryuyne, Savio (Mateush Nunesh, 90+2), Holand.
«Brentford» – Flekken, Lyuis-Potter, Ayyer (Roerslev, 72), Kollinz, Pinnok, van der Berg, Yanelt (Karvalyu, 72), Nergor, Damsgor (Yarmolyuk, 84), Mbemo, Vissa (Shade, 45+1).
«Manchester Siti» — 22-soniyadayoq o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqaniga qaramay, bu turdan keyin yakkapeshqadamga aylanib oldi. Chunki o‘yinning qolgan qismida «Brentford» jiddiy muammolarga uchradi. Mehmonlar o‘yinda hisobni ochgan hujumchi Vissani jarohat tufayli yo‘qotishdi, Holandni esa to‘xtatat olishmadi. Norvegiyalik hujumchi o‘tkir burchakdan turgan holda to‘pni darvozaga yo‘llab, hisobni tenglashtirganida Runining rekordini takrorladi. Faqat Ueyn dastlabki to‘rt turda sakkiz gol urishga erishgandi, Erling esa bo‘lim davomida to‘qqizinchi golni ham urishga ulgurdi.
Rekord gol shunisi bilan e’tiborliki, assistenlik vazifasini Ederson bajardi, Angliyadagilar endilikda ushbu braziliyalik darvozabon «MYu»dagi vatandoshi Antonidan ko‘proq (4) golli pas muallifi bo‘lganiga urg‘u berib, kulgi qilishmoqda. Holand esa bu vaziyatda korpus qo‘ygan holda himoyachidan qochib ketdi va raqib darvozaboniga imkon qoldirmadi. Bu goldan keyin norvegiyalik ligadagi gollari sonini 71 taga yetkazib, umumiy reytingda Erik Kantonadan o‘zib ketdi. U qatorasiga uchinchi het-trikni nishonlashiga esa darvozabon Flekken va ustun to‘sqinlik qildi.
«Liverpul» – «Nottinhem Forest» 0:1
Gol: 0:1 – 72 Hadson-Odoi.
«Liverpul» – Alisson, Roberson (Tsimikas, 75), van Deyk, Konate (Jons, 75), Aleksander-Arnold, Mak Allister (Bredli, 61), Gravenberh, Soboslai, Dias (Gakpo, 61), Saloh, Diogu Jota (Nunes, 60).
«Nottinghem Forest» – Zels, Moreno (Uilyams, 80), Murillo, Milenkovich, Ayna, Uord-Prouz, Yyeyts, Anderson (Elanga, 61), Gibbs-Uayt (Morato, 81), Dominges (Hadson-Odoi, 54), Vud (Silva, 81).
«Liverpul» uchun barchasi odatdagidek yaxshi boshlangandi. Qizillar tizimli ravishda bosim uyushtirishdi, asta-sekinlik bilan o‘yin nazoratini qo‘lga olishdi. Dias ajoyib yurish amalga oshirib, ustunni mo‘ljalga olganida ko‘pchilik u baribir gol yoki gollar urishiga shubha qilmayotgandi. Ammo vaqt o‘tib borarkan, o‘zgarish bo‘lmadi. Aniqrog‘i o‘zgardi, ammo «Enfild»dagilar kutgan tarzda emas. Agar Alisson bo‘lmaganida — «Nottinghem» ikkinchi bo‘lim boshidayoq hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lardi. Ammo Vuds darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, uni aldab o‘ta olmadi. Ammo keyinroq bu ishni Hadson-Odoi uddaladi. U bu mavsumda Arne Slot jamoasi darvozasiga gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Qolaversa, Nunu Eshpirinu Santu mersisaydliklarga hujumda o‘yin bermadi va nafaqat «Enfild»da 1969 yildan buyon g‘alaba ko‘rmagan Nottinhemni, balki Manchesterning ko‘k qismini ham baxtiyor qildi.
«Aston Villa» – «Everton» 3:2
Gollar: 0:1 – 16 Maknil, 0:2 – 27 Kelvert-Lyuin, 1:2 – 36 Uotkins, 2:2 – 58 Uotkins, 3:2 – 76 Duran.
«Aston Villa» – Martines, Din (Matsen, 69), Pau Torres, Konsa, Bogarde, Tilemans, Onana (Barkli, 46), Remzi (Duran, 69), Makginn (Filodjin-Baydeys, 90), Rodjyers, Uotkins (Buendia, 84).
«Everton» – Pikford, Mikolenko (Garner, 26), Kin, Tarkovski, Yang, Iroegbunam (Betu, 81), Guyye (Mangalya, 64), Harrison (O'Brayyen, 64), Ndiay (Lindstrem, 81), Maknil, Kelvert-Lyuin.
Birminhemda ham yana bir sensatsiyaning hidi kelayotgandi, bu yerda mavsumni kuchsiz boshlagan «Everton» (uch turda uch mag‘lubiyatga uchrab, 11 gol o‘tkazib yuborgan) birinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib «Aston Villa» darvozasiga javobsiz ikki gol yo‘lladi. Ammo mezbon jamoa muxlislari tushkunlikka tushmasa ham bo‘lardi, chunki «irislar» o‘tgan turda ham ikki gol farqi bilan hisobda oldinda borgan holda «Bornmut»ga yutqazgandi. Unai Emeri jamoasi esa yanada kuchliroq raqib edi va ular buni Uotkinsning mavsumdagi ilk goli bilan ko‘rsatib qo‘yishdi. «Villa»ning eng yaxshi to‘purari Dinning uzatmalaridan keyin ikki bor darvoza to‘rini ishg‘ol qildi, Duranning zaxiradan o‘yinga qo‘shilishi esa hal qiluvchi palla bo‘ldi. Uning uzoq masofadan yo‘llangan aqlbovar qilmas darajada kuchli va aniq zarbasi — dam olish kunlarining bezagiga aylandi. Va kolumbiyalik hujumchining joker roliidagi samaradorligini yana bir bor tasdiqladi. Duran APLdagi sakkiz golidan yettitasini zaxiradan maydonga tushib urgan va bu mavsumdagi uchala gol ham g‘alaba goli bo‘lib chiqdi!
«Bornmut» – «Chelsi» 0:1
Gol: 0:1 – 86 Nkunku.
Aniq ijro etilmagan penalti: Evanilson, 38 (darvozabon)
«Bornmut» – Trevers, Kerkez, Senesi, Zabarniy, Smit (Arauxo, 75), Kristi (Skott, 68), Kuk, Taverne (Unal, 83), Klyuyvert (Billing, 75), Semeno, Evanilson (Sinisterra, 68).
«Chelsi» – Sanches, Kukurelya, Koluill, Fofana, Disasi (Adarabioyo, 61), Veyga, Kaysedo, Palmer, Netu (Sancho, 46), Madueke (Joau Feliks, 62), Jyekson (Nkunku, 79).
Ogohlantirishlar: Kristi (18), Fofana (31), Kuk (35), Kukurelya (36), Sanches (37), Smit (38), Iraola (50), Jyekson (52), Sancho (57), Koluill (57), Klyuyvert (59), Mareska (66), Senesi (80), Veyga (87), Joau Feliks (90+1), Semenio (90+6).
Kun o‘yinlarini yakunlab bergan «Chelsi» birinchi bo‘lim oxirida Sanchesning mahorati tufayli yana bir yoqimsiz natijadan qutulib qoldi, u Evanilson ijro etgan penaltini to‘sdi. Aytish mumkinki, ispaniyalik posbon g‘alaba uchun poydevor qo‘ydi va jamoa bunga o‘yin oxirida erishdi. G‘alabani ikki joker ta’minladi — Sancho jarima maydoni ichiga pas berdi, himoyachilarni yo‘ldan olgan Nkunku darvozani ishg‘ol etdi. Fransuz hujumchisi APLdagi to‘rt golini ham safar o‘yinlarida, zaxiradan maydonga tushganidan keyin urgan. Bu o‘yindagi yana bir e’tiborli jihat ikki jamoa bir bo‘lib sariq kartochka olish bo‘yicha turnir rekordini o‘rnatgani bo‘ldi, londonliklar 8, mezbonlar 6 marta (jami 14) ogohlantirildi.
Ispaniya: Vinisius hozircha faqat penaltidan gol urmoqda
«Real Sosiyedad» – «Real» 0:2
Gollar: 0:1 – 58, penalti Vinisius Junior, 0:2 – 75, penalti Mbappe.
«Real Sosiyedad» – Remiro, Xavi Lopes (Munyos, 78), Agerd (Pacheko, 75), Aramburu, Subeldiya, Bekker (Barrenechea, 63), Serxio Gomes, Subimendi, Suchich (Turrentes, 75), Kubo, Sodiq (Ouskarsson, 63).
«Real» – Kurtua, Mendi, Ryudiger, Militao, Karvahal, Modrich, Valverde, Gyuler (Vaskes, 77), Braim Dias (Rodrigo, 25), Vinisius Junior, Mbappe (Endrik, 90).
Ogohlantirishlar: Sodiq (17), Aramburu (28), Modrich (79), Pacheko (82), Barrenechea (83).
«Real»da o‘yin sifati bo‘yicha muammolar mavjud, Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi arafasida qilgan rotatsiyalar fonida bu muammolar yanada ravshanroq ko‘rindi. Birinchi bo‘limda madridliklar xavfli hujumlar uyushtirishdi, Remiro Ryudigerning murakkab zarbasini qaytarishiga to‘g‘ri keldi, Mbappe esa olis burchakni mo‘ljalga olganida to‘pni yaxshi aylantira olmadi, ammo, umuman olganda, «Sosiyedad» xavfliroq edi. Raqiblar madridliklar darvozasiga birinchi bo‘limning o‘zida bu qadar ko‘p zarba yo‘llashi (8) anchadan buyon kuzatilmagandi. Basklarning yangi futbolchisi Suchichning darvoza ustuni va to‘sini uchrashgan nuqtaga borgan zarbasi hamda Bekkerning to‘sinni mo‘ljalga olishini alohida qayd etish mumkin. Qolaversa, Kurtua seyvlar ijro etdi, himoyachilar to‘p yo‘lini to‘sdi, mezbon futbolchilarning ayrim zarbalari xato ketdi.
O‘yinning ikkinchi bo‘limi ham Suchichning zarbasi ustunga borishi bilan boshlandi. «Zalsburg»ning sobiq havbeki San-Sebastyan jamoasi yarimhimoya chizig‘idagi raqobatni yangi darajaga ko‘targan. Imanol Alguasil jamoasi mudofaa chizig‘ini marokashlik himoyachi Agerd kuchaytirgan va u ham jamoa o‘yini sifatini oshirgan. Ammo ko‘pchilik biladiki, «Real» gol urishi uchun ko‘p narsa kerak emas. Arda Guler shunchaki uzoq masofadan zarba yo‘lladi va to‘p himoyachining qo‘liga tegdi, hozircha o‘ziga o‘xshamayotgan Vinisius Junior esa mavsumdagi ikkinchi golini ham penaltidan urdi. Keyin esa madridliklar mavsumda to‘rtinchi bor 11 metrlik zarbani ijro etishdi (qaymoqranglilar bu borada top-5 ligalarda yetakchilik qilmoqda), Mbappe zarba berishda adashmadi va g‘alabani kafolatladi.
Italiya: «Milan» quturdi
«Empoli» – «Yuventus» 0:0
«Empoli» – Vaskes, Viti, Ismayli, Goglichidze, Male, Espozito (Ekong, 77), Petssella, Grassi (Andjorin, 77), Henderson (Haas, 90), Jasi, Kolombo (Pellegri, 63).
«Yuventus» – Perin, Kambyazo, Bremer, Gatti, Kalulu, Duglas Luis (Fadjoli, 67), Lokatelli (Tyuram, 66), Kopmeyners, Yildiz, Gonsales (Vea, 67), Vlahovich.
Mavsumni uch durang bilan boshlagan «Empoli» birinchi bo‘limda «Yuventus»ga jiddiy muammolar tug‘dirdi. O‘yinning ilk 45 daqiqaligida yorqin va golga tortuvchi vaziyatlar bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘lim jonliroq boshlandi, ammo mezbonlar posboni Vaskes yakkama-yakka vaziyatda Vlahovichga gol urishga imkon bermadi. Keyin esa yana bir ajoyib seyv ijro etdi va o‘yinning qolgan qismida mezbon himoyachilar ishonchli harakat qilishdi. Qolaversa, o‘yinga qo‘shib berilgan beshinchi daqiqada faqat Gattining hech narsani o‘ylamasdan amalga oshirgan podkatigina Gyassi darvozaga yaqin masofadan zarba berishiga yo‘l qo‘ymadi. «Keksa sinioralar» hali ham o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qolmoqda (jamoa tarixida bu to‘rt turdan keyin gol o‘tkazmaslik bo‘yicha beshinchi holat), ammo dastlabki ikki turdagi yirik g‘alabalardan keyingi ikki golsiz durang shuni ko‘rsatmoqdaki, hali Tiagu Motta qiladigan ishlar keragidan ko‘p.
«Milan» – «Venetsiya» 4:0
Gollar: 1:0 – 2 Teo, 2:0 – 16 Fofana, 3:0 – 25, penalti Pulishich, 4:0 – 29, penalti Abraham.
«Milan» – Menyan, Teo, Pavlovich, Gabbiya, Emerson, Loftus-Chik, Fofana (Dzeroli, 79), Reynders (Okafor, 63), Pulishich (Chukvueze, 79), Rafael Leau (Morata, 64), Abraham (Musa, 74).
«Venetsiya» – Yoronen, Dzampano (Karboni, 89), Kandela, Idzes, Svoboda, Shingteyn, Buzio (Andersen, 79), Nikolussi-Kavilya, Dankan (Dumbiya, 64), Oristanio (Yyeboa, 64), Poxyanpalo (Raymondo, 79).
Chetlatish: Nikolussi-Kavilya (73).
«Venetsiya» mavsumdagi birinchi g‘alabasiga erishish maqsadida maydonga tushgan «Milan» tomonidan yanchib tashlandi. Birinichi gol urilgan vaziyatda — Rafael Leauning tovoni bilan uzatgan ajoyib pasidan keyin Ernandes o‘tkir burchakdan darvozani ishg‘ol qilganida — bu safar mehmonlarning kuni emasligi ayon bo‘lib ulgurgandi. Bu vaziyatda darvozabon to‘pni oyoqlari orasidan o‘tkazib yubordi, ko‘p o‘tmay to‘p burchakdan oshirib berilganida Fofana bosh bilan ikkinchi golni urdi, keyin esa «rossonerilar» ikki bor penalti tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Va bularning barchasi — o‘yinning dastlabki yarim soatida ro‘y berdi. Milanliklarda bunday ko‘rsatkich 1958 yil oktyabridan buyon qayd etilmagandi. Ammo mezbonlar shu bilan kifoyalanishdi va qolgan bir soat davomida boshqa gol urishmadi.
Germaniya: «Bayyer» xatosini tuzatdi
«Hoffenhaym» – «Bayyer» 1:4
Gollar: 0:1 – 17 Tere, 0:2 – 30 Bonifase, 1:2 – 37 Berisha, 1:3 – 72, penalti Virts, 1:4 – 75 Bonifase.
«Hoffenhaym» – Baumann, Akpoguma, Dreksler (Bishof, 76), Shtax, Kramarich (Tuxumchi, 87), Kaderjabek, Prass (Bruun Larsen, 61), Gayger, Grillich, Byulter (Morstedt, 87), Berisha (Jandre, 61).
«Bayyer» – Gradetski, Inkapie (Mukiyele, 86), Ta, Tapsoba, Virts, Tere (Adli, 80), Grimaldo, Andrih (Aleish Garsiya, 80), Chaka, Tella (Frimpong, 57), Bonifase (Shik, 86).
Leverkuzenliklar bundesligada o‘ziga xos bo‘lmagan tarzda mag‘lubiyatga uchraganidan ikki hafta o‘tib «Bayyer» yana avvalgi holatiga qaytdi va «Hoffenhaym»ga imkon qoldirmadi. Terrening avvaliga xatolik tufayli ofsayd deb topilgan goli videotakrordan keyin hisoblangani bu o‘yinda Habi Alonso jamoasiga omad kula boshlaganini ko‘rsatardi. Ushbu fransuz ko‘p o‘tmay oqshom qahramoni Bonifeysni yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Nigeriyalik hujumchi ikkinchi bo‘limda dublni rasmiylashtirdi, unda het-trik bo‘lishi ham mumkin edi, ammo birinchi bo‘lim oxirida o‘ta qulay vaziyatdan foydalana olmagandi. Boshqa tomondan, uning yaqin burchakka yo‘llangan ikkinchi goli bunga qadar ko‘p marta jamoasini qutqargan darvozabon Baumanning yaqqol xatosi tufayli yuzaga keldi.
«Holshtayn Kil» – «Bavariya» 1:6
Gollar: 0:1 – 1 Musiala, 0:2 – 7 Keyn, 0:3 – 13, avtogol Remberg, 0:4 – 43 Keyn, 0:5 – 65 Olise, 1:5 – 82 Gigovich, 1:6 – 90+1, penalti Keyn.
«Holshtayn Kil» – Vayner, Yavorchek (Puxach, 46), Yuxansson, Bekker, Erras (Geshvill, 46), Holtbi (Gigovich, 76), Knudsen, Remberg, Matino (Arp, 64), Pixler, Porat (Rozenbom, 76).
«Bavariya» – Noyyer, Gerreyru (Devis, 64), Kim Min Chje, Upamekano, Boe (Laymer, 64), Palinya, Kimmih, Koman (Tel, 76), Musiala (Myuller, 46), Gnabri (Olise, 46), Keyn.
RB «Leypsig» – «Union» Berlin 0:0
RB «Leypsig» – Gulachi, Lukeba, Klostermann, Gertryuyda (Bitshiabu, 88), Simons, Sheshko (Nusa, 66), Raum, Xenrixs (Baumgartner, 79), Kampl (Poulsen, 88), Aydara (Vermeren, 66), Openda.
«Union» Berlin – Rennov, Diogu Leyte, Fogt, Duki, Rote (Kemlyayn, 81), Hedira, Shefer (Kverfeld, 81), Haberer, Benesh (Vertessen, 56), Skarke (Sebatsho, 56), Hollerbah (Jon Vu Yen, 69).
Turnir jadvalining yakkapeshqadami masalasi juda tez aniq bo‘ldi. «Leypsig» o‘z uyida «Union» bilan golsiz durang qayd etganidan keyin «Bavariya» ikkinchi bundesligadan chiqqan jamoaga hech qanday imkon qoldirmadi. Uch yil oldin Germaniya kubogida bo‘lganidan farqli o‘laroq (o‘shanda myunxenliklar Kildagi o‘yinda ushbu raqibga sensatsion ravishda yutqazib qo‘ygandi) bu o‘yinda syurprizga hech qanday ishora ham yo‘q edi. Bu safargi o‘yinda Vensan Kompani shogirdlari 13 daqiqa ichida uch gol urishga ulgurdi. Ulardan birinchisini Musiala o‘yin boshlangani haqidagi hushtak chalinganidan 14 soniya o‘tganida urdi. Bu «Bavariya» tarixidagi Elber (11-soniya) va Matteus (13)dan keyingi eng tezkor uchinchi gol. Keyn esa o‘z formasida — angliyalik hujumchi bundesligada o‘ziga raqib bo‘lgan barcha jamoalarga gol urib kelmoqda, bu safargi raqib 18-bo‘ldi. Yakunda Harri het-trik rasmiylashtirdi va Germaniya chempionatda gol va pas tizimida to‘plagan ochkolari sonini 50 taga yetkazdi. U bu natijaga erishish uchun 35 o‘yin yetarli bo‘ldi, bu esa oldingi rekordchi Holandning natijasidan (44 o‘yin) sezilarli darajada yaxshiroq.
Fransiya: «PSJ»da yuz foizlik natija
«Marsel» – «Nitssa» 2:0
Gollar: 1:0 – 40 Mope, 2:0 – 53 Luis Enrike.
«Marsel» – Ruli, Murilo, Brasse, Kornelius, Ronjye (Lirola, 73), Heyberg, Kondogbia, Xarit (Kone, 72), Luis Enrike (Garsiya, 82), Grinvud (Meite, 90+3), Mope (Rou, 72).
«Nitssa» – Bulka, Dante (Abdi, 69), Ndayshime, Abdelmonem, Bar, Kloss, Ndombele (Diop, 87), Rosario (Lushe, 79), Boga (Mukoko, 69), Gessan, Cho (Buanani, 69).
Chetlatish: Kornelius (74).
«PSJ» – «Brest» 3:1
Gollar: 0:1 – 29, penalti Del Kastiyo, 1:1 – 42 Dembele, 2:1 – 73 Fabian Ruis, 3:1 – 74 Dembele.
«PSJ» – Donnarumma, Mendesh (Pacho, 63), Beraldo, Shkrinyar, Hakimi, Joau Nevesh (Meyulyu, 80), Fabian Ruis, Li Kan In, Barkolya (Due, 63), Asensio (Kolo-Muani, 71), Dembele (Mbayye, 80).
«Brest» – Bizot, Aydara, Le Kardinal, Shardonne, Lala, Manetti, Fernandesh (Sala, 80), Kamara (Marten, 80), Del Kastiyo (Dumbiya, 68), Sima (Pereyra Lajye, 57), Ajork (Balde, 68).
Kunning birinchi o‘yinidan keyin «Marsel» turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, Roberto De Dzerbi esa provansalliklar tarixida mavsum startida eng yaxshi natija ko‘rsatgan (10 ochko) debyutant murabbiylardan biriga aylandi. Jamoa tarixida to‘rt o‘yindan keyin ham ochko yo‘qotmagan faqat ikki mutaxassis bo‘lgan - Sol Charli Bell (1932 yil) va Eli Bop (2012). Jamoa 1954 yildan buyon ilk bor mavsum startidagi to‘rt o‘yinni ikkita gol urmasdan tark etmadi. Lekin ko‘p o‘tmay «Monako» o‘z o‘yinida g‘alaba qozonib, ochkolar bo‘yicha «Marsel»ga yetib oldi, shanba kungi o‘yinlar dasturini yopib bergan «PSJ» esa taxtni o‘ziga qaytardi.
Mish-mishlarga qaramay, rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning parijliklar klubidagi debyuti ortga surilmoqda, farzand ko‘rgani tufayli mashg‘ulot kunini o‘tkazib yubormagan Donnarumma baribir o‘yinga tushdi. Chempionlar ligasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Brest» esa italiyalik darvozabonga penaltidan gol urdi. «PSJ» xato uchun jazoladi va Asensioning uzatmasidan keyin Dembele hisobni tenglashtirdi. Mehmonlar faqat o‘yin oxiriga borib taslim etildi, ikki daqiqa ichida Fabian Ruis va Dembele bittadan gol urishdi. Luis Enrike jamoasi yuz foizlik natija bilan birinchi o‘rinda ketmoqda.
Kun statistikasi
- «Monako» Adi Hyutter boshqaruvida bir o‘yinda o‘rtacha 2,03 ochko to‘plamoqda. Monegaskliklar boshqaruvida ikki raqamda ifodalanuvchi o‘yin o‘tkazgan murabbiylar orasida bu borada undan yaxshiroq ko‘rsatkichni Klaudio Raniyeri qayd etgan (2,11).
- «Kristal Pelas» APL o‘yinlarida 10-marta ikki to‘p farqi bilan ortda bora turib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, shundan uch holat «Lester» bilan o‘yinlarda ro‘y bergan.
- Safida hujumchi Brereton bilan maydonga chiqqan jamoalar APLda 18 o‘yindirki g‘alaba qozona olmayapti.
- 38 yosh-u 298 kun — Xesus Navas «Sevilya» tarixida gol urgan eng «keksa» yoshli futbolchi bo‘ldi.