Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi

O‘zbekiston 12:17 / 14.09.2024 1995

Nashrda sentabr oyi oxirida Samarqandda xalqaro taraqqiyot olamidagi muhim voqea – Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki boshqaruv kengashining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan. Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur tadbir ishtirokchilarga barqaror rivojlanish, sarmoyaviy loyihalar va strategik hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun noyob imkoniyatlar yaratadi.

"Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki yirik moliya tashkilotlardan biri bo‘lib, mijozlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Uning Markaziy Osiyo va Kavkazdagi investitsiya portfeliga qiymati 5 milliard AQSh dollaridan ortiq loyihalar kiradi. 25-26 sentabr kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Yillik yig‘ilish infratuzilmaga sarmoya kiritish sohasidagi asosiy muammolar va istiqbollarni muhokama qilish uchun muhim maydonga aylanishi kutilmoqda", – deb yozilgan maqolada.

Materialda, shuningdek, forum ishtirokchi mamlakatlar delegatlari, yetakchi biznes arboblari, xalqaro banklar va fuqarolik jamiyati vakillarini bir joyga to‘plashi ta’kidlangan. Taklif etilganlar orasida OIIB prezidenti Tszin Litsyun, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki va Islom taraqqiyot banki kabi tashkilotlar vakillari bor.

Ko‘proq yangiliklar: