Rossiyadagi YTHda o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Jahon 20:59 / 14.09.2024 15516

Rossiyaning Tyumen oblastida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi.

Qayd qilinishicha, «Tyumen - Xanti-Mansiysk» avtomobil yo‘lining 178-kilometrida GAZ yuk mashinasi va VAZ 2107 to‘qnashib ketgan.

Tyumen oblasti yo‘l politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida vafot etgan. U O‘zbekistonning 55 yoshli fuqarosi ekani va Rossiyada noqonuniy yashagani ta’kidlanmoqda. Jabrlanuvchining ismi-sharifi xabarda keltirilmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mashinalardan biri qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Yuk mashinasining 24 yoshli haydovchisi jarohatlangan. Ikkala avtomobil ham jiddiy shikastlangan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Ko‘proq yangiliklar: