O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston 17:22 / 14.09.2024 6496

Qayd etilishicha, xalqaro musobaqada jami 13 ta jamoa, jumladan, AQSh, Avstraliya, O‘zbekiston va Kambodja davlatlaridan 500 dan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etgan.

«Musobaqa davomida har bir jamoa tasodifiy qur’a tashlash orqali bellashuvga kirishgan. «Har bir jamoa operativ rejani ishlab chiqish va milliy kelishuv bo‘yicha majburiyatlarni bajarish, bu orqali bo‘linmalarning qo‘shma operatsiyalari uchun zarur bo‘ladigan ko‘nikma va tajriba oshirishga muvaffaq bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi mazkur Xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasida ikkinchi bor ham ishtirok etib, eng yuqori natijani qayd etgan. O‘tgan yilgi ham o‘zbekistonlik harbiylardan iborat jamoa mazkur musobaqada birinchilikni egallagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: