O‘zbekiston 18 davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston 08:15 / 14.09.2024 6408

O‘zbekiston 18 davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov Gazeta.uz’ga ma’lumot berdi.

13 sentabr kuni Argentina bilan muzokaralar o‘z yakuniga yetgan. 18 davlatdan 14 tasi bilan bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokollar imzolangan (protokol imzolangach jarayon rasman yakuniga yetgan bo‘ladi). Bu mamlakatlardan ikkitasi Braziliya va Shri-Lanka hisoblanadi. 

JST jamoatchilik forumi doirasida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, JST bosh direktori o‘rinbosari Syanchen Chjan va bosh direktorning sobiq o‘rinbosari Alan Volf ishtirokida hujjatlarni imzolash marosimlari bo‘lib o‘tdi. Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jyenevada bo‘lib o‘tayotgan JST 2024 jamoat forumida ishtirok etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: