Litvaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 

O‘zbekiston 07:13 / 14.09.2024 1438

Holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Navoiy shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan

“E.C.” MChJ rahbari A.Q. fuqaro Z.F.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida pishiriqlar pishirish yo‘nalishida o‘qigani haqida soxta diplom tayyorlab berib, Litvaga ishga yuborishi evaziga 1000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: