O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, mamlakat Bosh konsulxonasi, Andijon va Sirdaryo viloyatlari vakillari birgalikda mazkur yarmarka maydonida mamlakat investitsiyaviy va turizm salohiyatini hamda eksportbop mahsulotlarni namoyish etish maqsadida alohida pavilon tashkil etildi.
Tadbirlar davomida Xiamen Jinming Energy kompaniyasi va Andijon viloyati delegatsiyasi o‘rtasida "Chiqindilardan energiya ishlab chiqarish" investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Tomonlar joriy yil oktyabr oyida ushbu kompaniya vakillarining Andijon viloyatiga biznes-missiyasini uyushtirishga ham kelishib oldilar.
O‘zbekiston delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davomida, shuningdek, Chinese companies go Global va boshqa investitsiyaviy hamkorlik forumlarida mamlakat investitsiya, turizm salohiyati va Andijon viloyatida xorijiy tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlarga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.