Turkiyada qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

O‘zbekiston 07:39 / 13.09.2024 3645

A.A. Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. U Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan, firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib 2019 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga yoki Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘ralgan. 

Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettirilishi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanishi aytildi. 

Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortganini inobatga olib, fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolishdan ogoh bo‘lish so‘raldi.

Ko‘proq yangiliklar: